Maqola

254 08/05/2024

Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugida Yugra davlat universitetining zambiyalik talabasi 2022 yilning aprel oyida mangu olov oldida axloqsiz harakatlar bilan raqsga tushgan edi. 24 yoshli Tionga (Rebekka) o‘z raqsini internetga joylab, “Vafot etganlar uchun raqsga tushmoqdaman, ular bugun tinch uxlashayotganiga umid qilaman” deb izoh yozgan.

Afrikalik talabaning mazkur harakatlari Rossiya Jinoyat kodeksining 354.1 moddasi, 4 qismi bilan tafsiflanib, Rebekka Rossiyaning harbiy shon-shuhrat ramzlarini haqorat qilishda ayblangan. Tergov qo‘mitasi talaba qizning uzr so‘ragan videosini e’lon qilgan edi. Biroq uzr so‘rashiga qaramay sud zambiyalik Rebekkaga shartli ravishda bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Xulosa qilish mumkinki, Rossiyada davlat ramzlari oldida axloqsiz harakatlarni amalga oshirish mumkin emas. Bu nafaqat madaniyatsizlik, balki jinoiy javobgarlik uchun asos hamdir.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya