Maqola

158 03/07/2024

Postsovet hududi bo’yicha ekspert Kirill Krivosheev RTVI uchun tayyorlagan materialida Rossiyadagi migratsion vaziyat haqida fikrlari bilan bo’lishgan. Mutaxassisning fikricha, migratsiya muammosiga e’tibor kuchayishi ob’yektiv hodisa emas, balki “tepadagilar”ning e’tibori tufaylidir.

2022-yilgi voqealar Rossiya va postsovet mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlar modelini qayta ko’rib chiqishga majbur qildi.

Bu haqda ko’p yozilgani va aytilganiga qaramay, qo‘shni va ittifoqchilarning Moskvaga nisbatan yashirin noroziligi (“shuni rejalashtirayotgan ekansizlar, bizga ham xabar berib qo’ymabsizlar-da” degan mazmunda) chuqurlashishda davom etmoqda, deb yozadi ekspert.

Krivosheevning so’zlariga ko’ra, Moskva har qanday sovuqlikka, masalan, rus tili o’rgatilishining kamayishi yoki Ukrainadagi urushning “noto’g’ri” yoritilishiga juda keskin javob bermoqda.

Bunday munosabatlar Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning odatiy modelini muvozanatdan chiqarmoqda. Bir-ikki yildan keyin Markaziy Osiyo davlatlariga endi “aytganimizni qiling, chunki sizning iqtisodiyotingiz butunlay bizga bog’liq” deyish imkonsiz bo’ladi, chunki Rossiya iqtisodiyoti borgan sari qo’shnilarga va ularning sanksiyalarni chetlab o’tishga qanchalik tayyorligiga bog’lanib qolmoqda, deb hisoblaydi mutaxassis.

Agar kimdir Rossiyani muhojirlardan xalos qilishni xohlagan bo’lsa, endi hamma narsa haqiqatan ham shunga qarab ketmoqda. Agar “siyosiy” talablar va politsiyaning muhojirlarga e’tibori kuchayishda davom etsa-yu, lekin rubl kursi pasayishda davom etsa, Rossiyada pul ishlashni xohlaydiganlar soni yanada kamayib ketadi. Ammo bu rossiyaliklarning hayoti migrantlarsiz yaxshilanishiga olib kelmaydi, deb yozadi Kirill Krivosheev.

❔ Mutaxassisning fikrlariga qo’shilasizmi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya