Maqola

159 09/09/2024

2024-yilning iyul va avgust oylarida Rossiyada eng ko‘p yuklangan ilovalardan biri VK Video bo‘ldi. Uni 3,38 million marta yuklab olishgan.

Forbes nashri Roskomnadzor YouTube’ni sekinlashtirishdan qochgan provayderlarni litsenziyadan mahrum qilish niyatida ekanligini xabar qilmoqda.

Biroq, deputatlar ko‘proq mehmonlarni jalb qilish maqsadida qahvaxona va restoranlarga Wi-Fi’ni VPN bilan o‘rnatishga ruxsat berish taklifi bilan chiqishdi. Mazkur taklifni deputatlar tomonidan Rossiya Moliya vazirligiga yuborilgan.

JagaJam platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada YouTube’ga bo‘lgan qiziqish kamayib bormoqda. Rossiyalik blogerlarning kanallaridagi ko‘rishlar ham ikki barobarga qisqargan.

Ko‘rishlar soni yanada kamayishi mumkin, chunki 1-noyabrdan boshlab Roskomnadzor 10,000 dan ortiq obunachisi bo‘lgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlarini yig‘ishni boshlaydi. Faqatgina ism va kontaktlar emas, balki IP-manzillar ham yig‘iladi. Ma’lumotlarning bir qismi ommaga ochiq bo‘ladi. Shuning uchun Rossiyadan faoliyat olib borayotgan o‘zbek blogerlari bu yangilikdan xabardor bo‘lib qo‘yishlari lozim.

Microsoft o‘zining Rossiyadagi foydalanuvchilarini Word, Excel, OneDrive, Teams xizmatlaridan uzib qo‘ymoqda, deb xabar berdi TASS nashri. Bu cheklovlar ko‘plab foydalanuvchilar va bizneslar faoliyatiga ta’sir qiladi.

Ko‘rib turganingizdek, IT cheklovlar ham Rossiya, ham G‘arb tomonidan davom etmoqda. Rossiya axborot texnologiyalaridan izolyatsiyada qolib ketayotgandek. Bir tomondan, bu rossiyaliklarning mental sog‘ligini saqlab qolishi mumkin, lekin boshqa tomondan, bu cheklovlar ma’lumot olish imkoniyatini keskin cheklaydi, so‘z erkinligiga ta’sir qiladi va Rossiyani global dunyodan ajratadi.

Bu borada sizning fikrlaringiz qanday?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya