183 19/02/2024

Rossiyadagi ta’lim uch turga bo‘linadi:

  1. Umumiy ta’lim – maktabgacha va maktabdagi ta’lim. Unga kiradigan darajalar:

Maktabgacha ta’lim – bolalar bog‘chasi, Boshlang‘ich umumiy ta’lim – 4 sinf o‘qilib, olingan ta’lim, SSSR vaqtida 3 sinfgacha bo‘lgan ta’lim boshlang‘ich deyilgan.

Asosiy umumiy ta’lim, deb 9 sinf o‘qilgan bo‘lsa aytiladi. SSSR vaqtida 8 sinf o‘qilganida aytilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim — 11 sinf o‘qishdan iborat. SSSR vaqtida 10 sinf bo‘lgan.

     2. Maxsus ta’lim – texnikum, kollej va oliy o‘quv yurtlaridagi ta’limdan iborat:

o‘rta maxsus ta’lim – bu texnikum va kollejlarda o‘qib, bitirish.

    3. Oliy ta’limga oliy o‘quv yurtini o‘qib, tamomlash kiradi:

Bakalavriat – 4 yil oliy o‘quv yurtida o‘qishdir.

Spetsialitet yoki magistratura – 5 yoki 6 yil oliy o‘quv yurtida o‘qib, tamomlaganlik darajasi. SSSR vaqtida 5 yildan iborat bo‘lgan.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash – bu aspiranturani tamomlashdir.

Keltirilgan ta’lim darajalari tugallanmagan bo‘lsa “tugallanmagan”, rus tilida “неоконченное” , deb qo‘shimcha qilinadi. Masalan, tugallanmagan oliy ta’lim — bakalavriat; rus tilida neokonchennoye vыssheye obrazovaniye – bakalavriat, deb ko‘rsatiladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация