Maqola

217 16/05/2024

«Levada Sentr» tomonidan Rossiyadagi ksenofobiya va etnik keskinlik bo‘yicha yangi ma’lumotlar taqdim taqdim etildi.

2024-yil aprel oyida «Levada Sentr» tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovga ko‘ra, Rossiyada ksenofobiya unchalik keng tarqalmagan. Biroq, respondentlarning 16 foizi vaqti-vaqti bilan o‘z hayotlarida ksenofobiyaga duch kelishlarini va 19 foizi o‘z mintaqalarida millatlararo ziddiyat mavjudligini qayd etishgan. Va bu raqamlar 2015-yilga nisbatan ko‘proq.

🔺Millatlararo nizolar haqida:

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning yarmidan ko‘pi (58%) Rossiyada qonli etnik to‘qnashuvlar bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas, deb hisoblaydi. Biroq, uchdan bir qismi (34%) bu fikrga qo‘shilmaydi.

🔺Rossiyaga kelayotganlarga munosabat:

Rossiyaga tashrif buyuruvchilarga umumiy munosabat ijobiy bo‘lib qolmoqda.

Respondentlarning 56 foizi mehnat muhojirlari mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiradi, deb hisoblaydi, 45 foizi esa farzandlarining boshqa millat vakillariga turmushga chiqishiga qarshi emas. Aytish joizki, bu ko‘rsatkichlar 2015-yilga nisbatan biroz pasaygan.

Biroq Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga nisbatan ijtimoiy uzoqlashish kuzatilmoqda – rossiyaliklarning 56 foizi ularni Rossiyaga faqat vaqtinchalik ruxsat berish yoki ularga kirishni butunlay rad etishni yoqlagan.

Shu bilan birga, 2018-2021-yillarda barcha millat vakillariga nisbatan adovat asta-sekin kamaygan. Ammo so‘nggi voqealar (Ukraina va Gʻarb bilan mojaro, arab-isroil mojarosining kuchayishi, teraktlar va muhojirlar bilan bog‘liq hodisalar) fonida ukrainaliklarga, sobiq SSSRning Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan muhojirlarga va yahudiylarga bo‘lgan munosabat yomonlashdi. Aksincha, chechenlar, xitoylar va afrikaliklarga munosabat yaxshilandi.

“Levada Sentr” ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, Rossiyada ksenofobiya darajasi pastligicha qolayotgan bo‘lsa-da, millatlararo barqarorlikdan xavotirlar saqlanib qolmoqda.

Muhojirlarga munosabat, garchi asosan ijobiy bo‘lsa ham, hali ham o‘zgarishi mumkin. Biroq, bu ma’lumotlar to‘liqroq tasvirni olish uchun qo‘shimcha o‘rganish va tahlil qilishni talab qiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya