Maqola

485 05/11/2025

Sochining Alpiyskaya ko‘chasidagi turar-joy binosida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga tezda chordoqni qamrab oldi va u yerdagi odamlarning chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bir ayol bolasini ko‘tarib, jonini saqlab qolish umidida tomga chiqdi.

O‘sha atrofda bo‘lgan ikki erkak ayolning yordam so‘rab qichqirayotganini eshitib qoldi. Ular darhol harakatga kirishishdi. Avval pastki qavatdan bolani ehtiyotkorlik bilan pastga tushirishdi, keyin ayolning qutulishiga yordam berish uchun narvondan foydalanishdi. Ikkala jabrlanuvchi ham olovdan deraza orqali o‘z vaqtida chiqib ketildi.

Qutqaruvchilardan biri 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sherzod Namozov ekan. U asli Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Uchqizil mahallasidan. U Sochida o‘n yildan buyon yashab taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan.

Hodisa sodir bo‘lgan kuni Sherzod yo‘lovchini olib ketayotganida yong‘inni ko‘rib qolgan va ikkilanmasdan yordam shoshilgan. Sherzod Namozov o‘z qahramonligini shunday deb izohlagan: «Agar muhtoj odamni ko‘rsangiz, yordam berish kerak. Men shunchaki insoniy burchimni bajardim, xolos».

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya