Balashixadagi migrantlarga qarshi reydda 49 kishi qo‘lga olindi

26-mart kuni Balashixa shahar okrugidagi Chernoye qishlog‘idagi non mahsulotlari korxonasida Rossiyada noqonuniy bo‘lgan muhojirlarni aniqlash uchun reyd o‘tkazildi. Reyd davomida 49 nafar chet ellik va uch Rossiya fuqarosi topildi. Barcha muhojirlar tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib ketildi. Reydda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Harbiy tergov boshqarmasi xodimlari, politsiya...

Balashixada reydda 120 dan ortiq migrant hibsga olindi

Moskva viloyatining Balashixa shahrida Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Antikriminal» tezkor-profilaktik operatsiyasi o‘tkazildi. Reyd Jeleznodorojniy mikrorayonida bo‘lib o‘tdi. Tergov natijalariga ko‘ra, 129 nafar chet el fuqarosi hibsga olingan. Ular Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganlikda, shuningdek, noqonuniy ish faoliyati bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda. Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasining mintaqaviy migratsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,...

Moskvaning “Novoyasenevskaya” avtovokzalida reyd o’tkazildi

Moskva politsiyasi navbatdagi reydini odamlar va turli xil transport transport vositalari to’planadigan Novoyasenevskaya avtobus bekatida o’tkazdi. Reydga internetda mazkur avtovokzalda qonun buzilishi, jumladan, xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan holatlar haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi. Tekshiruvlar Moskva va Moskva viloyati Ichki ishlar vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o’tkazildi. Ular...

Moskvada uch ming migrantni qonuniylashtirgan jinoiy kanal fosh etildi

Moskva politsiyasi uch ming nafar xorijliklarning noqonuniy migratsiyasini qonuniylashtirishgan besh kishini hibsga oldi. Ularning sharlar bilan bezatilgan kabineti videoga olingan. Kadrlarni Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Irina Volk o‘zining Telegram’dagi kanalida e’lon qildi. Kadrlarda maxsus kuchlar gumondorlarni, shuningdek, noqonuniy muhojirlar va ularning Rossiyadagi yashash joylarini ko‘rish mumkin. Jinoiy...

Muhojirlarga qarshi reydlarda politsiya itlari ham qatnashdi

Moskvada politsiya xodimlari maxsus tezkor harakat (SOBR) xodimlari va politsiya itlari bilan birgalikda Severnoye Medvedkovo tumanida joylashgan kafeda tungi reyd o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tekshiruvdan ko‘zlangan maqsad migratsiya qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘lgan. Biroq e’lon qilingan kadrlarda barcha mijozlar, jumladan, Rossiyada qonuniy istiqomat qiluvchilar ham yerga yuztuban...

“Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 30 dan ortiq muhojir mamlakatdan chiqarib yuborildi

Oltoy o‘lkasi politsiyasi noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish maqsadida reyd o‘tkazdi. “Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 100 ga yaqin xorijlik tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV matbuot xizmati. Kulunda tumanida vaxtaga qatnovchi olti avtobus ko‘rikdan o‘tkazildi. Yo‘lovchilar orasida politsiya Rossiyada noqonuniy yashayotgan 33 nafar muhojirni aniqladi. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi....

Politsiyaga migrantlarni topishda kvadrokopter yordam berdi

Saratovda politsiya qurilish maydonchasida reyd o‘tkazib, ruxsatnomasiz ishlayotgan turkmanistonlik muhojirlarni qo‘lga oldi. Hodisa Solnechniy-2 mavzesidagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Polisiya kvadrokopteri besh kishining qochib, podvalda yashiringanini videoga oldi. Tez orada ularning barchasi topilib, olib chiqildi. Aniqlanishicha, qo‘lga olingan xorijliklar Rossiyaga sayyoh sifatida kelgan, lekin aslida qurilish ishlari bilan shug‘ullangan....

Chelyabinskda «Nelegal» operatsiyasining ikkinchi bosqichi boshlandi

Chelyabinsk viloyati politsiyasi «Nelegal» federal keng qamrovli tezkor-profilaktik operatsiyaning ikkinchi bosqichini boshladi. Bu haqda IIV Bosh boshqarmasi ma’lum qilmoqda. Reydlar xorijliklar to‘planadigan joylarda, jumladan, bozorlar, qurilish obyektlari, issiqxona majmualari, mehmonxonalar va yotoqxonalarda o‘tkaziladi. “Operatsiyadan asosiy maqsad noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan shug‘ullangan shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va oldini olish,...

«Jaloliddin Ahmadaliyev konserti shahar hokimyati bilan kelishilmagan»

Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan Krasnoyarskdagi tadbir chog‘ida o‘tkazilgan reyd xususida O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi. Konsulxona vaziyatga batafsil sharh berar ekan, mazkur konsert Krasnoyarsk o‘lkasining tegishli tashkilot va idoralari bilan belgilangan tartibda kelishilmaganini ma’lum qildi. «Krasnoyarsk o‘lkasining vakolatli idoralari ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasining 8...

Krasnoyarskda politsiya to‘yda reyd o‘tkazdi: migrantlar mahbuslar kabi yurishga majbur etildi

Yemelyanovskiy tumanidagi Solontsi qishlog‘idagi ziyofat zalida to‘y o‘tkazayotgan muhojirlarda politsiya, FSB va Rossiya Milliy gvardiyasi xodimlarining o‘tkazgan keng ko‘lamli reydi norozilik uyg‘otdi. Mehmonlar tinchgina dam olib, bayram qilayotgan zalga qora kiyim kiygan polisiyachilar kirib keldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 620 dan ortiq shaxs, jumladan, 210 nafar chet el fuqarolari...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya