Oson pul topish ilinji qamoq bilan tugadi

Rossiyaga ishlash maqsadida ketgan to‘rtko‘llik Olimboy (ismi o‘zgartirilgan) jinoiy ish va harbiy harakatlar girdobiga tushib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2020-yil noyabr oyida Moskva shahriga ishlash uchun borgan va qurilish sohasida mehnat qilgan. Biroq 2022-yil may oyida u giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatda bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan...

Komida migrantlarga yangi taqiqlar

2026-yil 21-aprelda Komi Respublikasi rahbari xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilishda sezilarli cheklovlarni joriy etuvchi farmonni imzoladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, muhojir ishchilarga oziq-ovqat ishlab chiqarish, chakana savdo va ta’lim bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Cheklovlar transport sohasiga ham ta’sir qiladi: migrantlar endi taksi haydovchisi sifatida, ijaraga olingan mashinalarda haydovchi sifatida yoki temir...

Ximkida 168 migrant “deport” qilinadi

Moskva yaqinidagi Ximki shahrida politsiya xodimlari migratsiya qonunlariga rioya qilinishini tekshirish uchun reyd o‘tkazdi. Reyddan so‘ng xorijiy fuqarolarga nisbatan 168 ta ma’muriy bayonnoma tuzildi. Reydlar qurilish maydonchalarida, yotoqxonalarda va korxonalarda bo‘lib o‘tdi. Jami 200 dan ortiq Markaziy va Janubiy Osiyodan kelgan odamlar tekshiruv uchun politsiya bo‘limiga olib kelindi. Huquqni...

Migrantni o‘ldirgan politsiyachi qamaldi

2021-yilda yo‘l politsiyasi sobiq inspektori Aleksandr Gusev 19 yoshli migrant Vekil Abdullayevning o‘limida ayblangan edi. U yigitni hibsga olish paytida boshiga to‘pponchani tirab otib tashlagan. Natijada muhojir yigit vafot etgan edi. Biroq inspektor o‘sha paytda sudlanmagan – jinoyat ishi «dalillar yetishmasligi» sababli yopib yuborilgan. Bir necha yil o‘tgach, Gusevning...

Rossiyada migrantlarni «registratsiya»dan chiqarish osonlashtirildi

Rossiyada chet el fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini o‘zgartiruvchi yangi qonun qabul qilindi. Endi mulk egalarining o‘zi migrantlarni ro‘yxatdan chiqarish huquqiga ega bo‘ladi. Ilgari bu imkoniyat cheklangan edi. Agar chet el fuqarosi kvartirada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, egasi ularni shunchaki ro‘yxatdan chiqara olmasdi. Biroq mulk egasi javobgar bo‘lib, agar migrant aslida...

Aprelda yangi cheklovlar tayyorlanmoqda: o‘zgarishlar migrantlarga ham tegishli

Aprel oyida Davlat Dumasi deputatlari turli sohalarda yangi cheklovlarni joriy etuvchi bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Asosiy tashabbuslardan biri xorijiy fuqarolar uchun qoidalarni kuchaytirish bo‘ladi. Xususan, sudlanganlik tarixi bo‘lgan shaxslarga fuqarolik, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP) va doimiy yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) berishdan bosh tortish taklif qilinmoqda....

“Mushuk o‘liklarni yerdi, itlar izg‘irdi”- Ukrainada asir tushgan tojikistonlik o‘zbek 

2022-yil fevral oyidan boshlab Ukraina Qurolli kuchlari asirligiga turli mamlakatlar va qit’alardan yollanma askarlar: yevropaliklar, shimoliy koreyaliklar va hatto afrikaliklar ham tushishgan. Ammo xorijlik yollanma askarlarning aksariyati markaziy osiyoliklardir… Shaman TV media kanali jurnalisti Adil Turdikulov Ukrainada asir tushgan markaziy osiyoliklardan yana biri bilan suhbatni e’lon qildi. Tojikistonlik Umidjon...

«Baribir bizniki bo‘lmaysan…» – o‘zbekistonlik migrantlar Rossiyani tark etmoqda

2025-yilda Rossiyadagi mehnat migrantlari soni 10 foizga kamaydi va 6,3 milliondan 5,7 milliongacha tushdi. O‘zbekiston fuqarolari orasida esa chiqib ketish yanada sezilarli bo‘ldi: bir necha yil oldin Rossiyada 1,8 million kishi ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 1,3 millionga kamaydi. Mutaxassislar va migrantlarning o‘zlari asosiy sabablarni qonunchilikning qattiqlashishi, iqtisodiy...

10-apreldan Shengen hududiga kirish tizimi o‘zgaradi

2026-yil 10-apreldan boshlab Shengen hududidagi chegara o‘tish tizimida keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Odatdagi pasport muhrlari to‘liq biometrik nazorat bilan almashtiriladi. Uch kundan so‘ng, Kirish/Chiqish Tizimi (EES) barcha 29 Shengen davlatlarida rasman kuchga kiradi. Ushbu o‘zgarish Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan barcha mamlakatlar fuqarolariga, jumladan, MDHdan kelgan sayyohlar va migrant ishchilarga...

Migrant politsiyachini qamatdi

Moskvaning Xoroshyovo-Mnyovniki rayonidagi ikki patrul xodimi 2025-yil fevral oyi oxirida hududni patrul qilishayotganida, «Serebryaniy Bor» o‘rmon bog‘ining kirish qismida bir muhojirni ko‘rib qolishgan. Erkak tanishini kutayotgan edi. U ilgari politsiya bilan muammolarga duch kelgani uchun yaqinlashib kelayotgan xodimlarni ko‘rib, ehtiyotkorlik bilan telefonining ovoz yozish moslamasini yoqib qo‘ygan. Tergov ma’lumotlariga...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya