Moskvada muhojirlar yashaydigan yotoqxonaga bostirib kirildi
Moskva Tergov qo’mitasining xabar berishicha, mahalliy aholi mehmonxonada migratsiya qonunlari buzilayotgani haqida shikoyat qilgach, yotoqxonada tekshiruv o’tkazilgan va 391 nafar muhojir ushlanib, politsiya bo’limiga olib ketilgan. Tekshiruv ekstremistik uyushma tashkil etish faktlari bo’yicha qo’zg’atilgan jinoiy ish doirasida o’tkazilgani ma’lum qilinmoqda. Biroq yotoqxonadagi yashovchilarning aynan qaysi xatti-harakati eskremistik belgilarga ega...