Teg: Узбекистан

Aviachiptalar narxi ikki barobarga oshishi kutilmoqda

Rossiyada aviachiptalar narxi yana oshishi kutilmoqda. Bunga sabab — aerodromlarni kapital ta’mirlash xarajatlari o‘sayotgani. Aerodromlarni moliyalashtirish esa yo‘lovchilarning hissasiga tushmoqda. Rossiya Transport vazirligining loyihasiga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari uchun aeronavigatsiya yig‘imi ichki reyslarda 37 foizga, xalqaro reyslarda esa 100 foizga, ya’ni ikki barobarga oshadi. Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi (АЭВТ) Rossiya...

“Vagner”da xizmat qilgan o‘zbekistonlik sudlandi

Gazeta.uz saytining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasida xizmat qilgan 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yollanma askarlik qilgani uchun 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi. Maʼlumotlarga koʻra, erkak 2022-yil sentabr oyida Rossiyaga ishlash uchun borib, oilasiga kvartira sotib olish uchun pul ishlab olishni...

15 yil avval yopilgan “Qorasuv” chegara bojxona posti qayta ochildi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 12 sentyabrdan qayta ochildi. Bojxona qo‘mitasining xabariga ko‘ra, “Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin. Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi. Postning ochilishi qo‘shni davlat...

Toshkent-Moskva poyezdi haftasiga ikki marta qatnay boshlaydi

2025-yilning boshidan Toshkent–Moskva poyezdi haftasiga ikki marta qatnay boshlaydi, deb xabar bermoqda Rossiya Transport vazirligi. Poyezd harakati 2024-yil 24-sentyabridan yo‘lga qo‘yiladi va yil oxiriga qadar haftasiga bir marta qatnaydi. 2025-yildan esa haftasiga ikki marta qatnashni boshlaydi. «Marshrut bo‘ylab turli aholi punktlarida to‘xtashlar rejalashtirilgan, bu esa yo‘lovchilarga boshqa yo‘nalishlarga ham...

Rossiya Hukumati raisi Mixail Mishustin Toshkentga keldi

O‘zbekiston Hukumati Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining telegram-kanalida tashrif ikki kunlik ekanini va uning maqsadi rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazilishligini qayd etgan. «Joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladi. Tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya...

Ukrainaga qarshi urushda 98 nafar o‘zbekistonlik va tojikistonlik halok bo‘lgan

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli mojaro boshlanganidan beri kamida 68 011 rossiyalik harbiy frontda halok bo‘ldi. Ularning 13152 nafari ko‘ngillilardir. Bu ma’lumotlar VVC Rus xizmati va «Mediazona» tomonidan nekrologlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va boshqa ommaviy axborotlar kabi ochiq manbalar asosida to‘plangan. Ta’kidlanishicha, mojarolar davomida birinchi marta ko‘ngilli o‘lganlar...

Qamoqxonadagi muhojir-mahbuslar portlatish vositalarini kiyib olgan

“Mash” telegram kanali, IK-19 hujumchilaridan biri, 23 yoshli tojikistonlik Rustamjon Navruziy yasama portlovchi kamzulni kiyib olgani, qo’lida esa detonatorlar ushlab turgani haqida xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlovchi modda benzin va sanoat suyuqliklaridan tayyorlangan. Hajmi – 5-7 litr. Tarkibiy qismlarni mahbuslar ko’p ishlagan garajdan olgan bo’lishlari mumkin. Ular orasida:...

🔹 Elchixona Kursk, Bryansk va Belgorodda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolariga zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qildi. «Imkon qadar ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy taʼlim formatiga (onlayn) o‘tishni tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda. Agar konsullik yordami...

⚡️ Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan. 14-avgust kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi, deya хabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi. Qayd etilishicha, bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14...

Moskvada o‘nlab o‘zbekistonliklar aeroportdan kiritilmay, urushga borishga targ‘ib qilinmoqda

Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolari Rossiyaga kiritilmaslik holatlari davom etmoqda. 10 avgust kuni Migrant.uz muxbiri Urganchdan Moskvaning Sheremetyevo aeroportiga qo‘ngach, chegaradan kiritilmagan hamyurtimiz Dostonbek S. bilan suhbatlashdi. Suhbatdoshimizning ta’kidlashicha, aeroportning neytral hududiga har kuni Rossiyaga kiritilmagan yuzlab muhojirlar kelmoqda. Dostonbek 10 avgust kuni Urganchdan Moskvaga Aeroflot aviakompaniyasi samolyotida uchib kelgan,...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya