Maqola

104 09/09/2024

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda ishlayotgan muhojirlarga ishonchsiz avtotransport xizmatidan foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda.

Aniqlanishicha, avtohalokatlarning asosiy qismi, nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.

Agentlik shuni inobatga olib, Qozog’istonda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanishni tavsiya etgan.

Tavsiya so‘ngida agentlik muhojirlarni uyda oilasi kutayotganini eslatib, hayotlarini asrashga chaqirgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya