Maqola

108 27/09/2024

Rossiya hukumati muhojirlar orasida rus tilini bilish ustidan nazoratni kuchaytirishda davom etmoqda. Endi tilni bilish sertifikatlari, agar shaxs haqiqatda bu tilni bilmasligi aniqlansa, Rossiya fuqaroligi yoki migrant maqomini olish uchun kafolat bo‘lmaydi. Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkning iddaosicha, sertifikat olgan ko‘plab muhojirlar rus tilida gaplasha olmaydi.

Soxta sertifikatlar bilan bog‘liq muammo so‘nggi yillarda paydo bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tilni talab darajasida bilmaydigan shaxslarga ma’lumotnomalar berilgan 14 mingga yaqin holat aniqlangan. Bu faktlar Rossiyada yashash va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonida aniqlangan.

Endi rus tilini bilmaydigan muhojirlarga migrant maqomi va fuqaroligi rad etiladi. Bundan tashqari, aniqlangan qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar soxta imtihonlar bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatni yanada bostirish uchun Rosobrnadzorga yuboriladi.

Ushbu chora-tadbirlar migrantlarning integratsiyalashuvi sifatini oshirish va til imtihonlarida firibgarlikning oldini olishga qaratilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya