Maqola

214 11/06/2024

6-iyun kuni metropoliten xodimlari Kiyev vokzalida hujjatlarni tekshirayotganda tojikistonlik fuqaro 34 yoshli Idris V.ning pasportini odatdagidek sinchiklab tekshira boshlagan. Ularning e’tiborini muhojirning pasporti muqovasi tortdi. “Sinchkov” politsiyachilar musulmonlarning shahodat kalimasini Rossiyada taqiqlangan “Al-Qoida” tashkilotining logotipi deb tushunishgan.

Idris ekstremistik belgilarni omma oldida namoyish qilganlikda ayblangan, chunki u pasportini ko‘rsatayotganda OMON va depo ishchilari ham o‘sha yerda bo‘lgan. Sudda Idris aybiga iqror bo‘lib 12 kunlik hibsga hukm qilindi.

Shuni esda tutish kerakki, Rossiyada taqiqlangan tashkilotlarning ramzlarini namoyish qilish va ulardan foydalanish ma’muriy va ba’zan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Va tirnoq ostidan kir qidiradigan politsiyachilarga “tuya emasligingizni” tushuntira olmaysiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya