2025-yilning boshidan Toshkent–Moskva poyezdi haftasiga ikki marta qatnay boshlaydi, deb xabar bermoqda Rossiya Transport vazirligi.
Poyezd harakati 2024-yil 24-sentyabridan yo‘lga qo‘yiladi va yil oxiriga qadar haftasiga bir marta qatnaydi. 2025-yildan esa haftasiga ikki marta qatnashni boshlaydi.
«Marshrut bo‘ylab turli aholi punktlarida to‘xtashlar rejalashtirilgan, bu esa yo‘lovchilarga boshqa yo‘nalishlarga ham safar qilish imkonini beradi», — deya ta’kidladi Rossiya Transport vaziri Roman Starovoyt.
Sizningcha, yangi poyezd yo‘nalishlari ochilishi tufayli samolyot chiptalari arzonlashadimi yoki, aksincha, poyezdlar arzonroq tuyulishi uchun qimmatlashadimi?