
2024-yilda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligini nishonlaydi. Ushbu muhim voqeani nishonlash maqsadida 2024-yil 18-may shanba kuni Toshkent Botanika bog‘ida yilning asosiy ommaviy tadbiri – “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi”ga bag‘ishlangan ommaviy festival va konsert bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ittifoqi festivali, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar ko‘rgazmasi va Gala-konsert yubiley sanasiga bag‘ishlangan va 2024-yil davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator bayramona tadbirlarning boshlanishini anglatadi.
“Biz o‘ttiz yillik hamkorlikning muhim bosqichini nishonlar ekanmiz, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi yutuqlarimiz, mustahkamlangan munosabatlar va manfaatlar uyg‘unligidan faxrlanamiz. Ikki tomonlama siyosiy munosabatlarimiz tarixida hech qachon shunchalik yuqori darajadagi ko‘plab uchrashuvlar bilan, jumladan, Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelning 2022-yilda O‘zbekistonga tashrifi bilan bu qadar jadal rivojlanmagan edi. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (EPCA) parafirlanganidan boshlab, inson huquqlari masalalarini yaxshilash bo‘yicha umumiy majburiyatlar bilan savdo aloqalarini mustahkamlovchi GSP+gacha Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik o‘zgarishsiz qolmoqda. O‘zbekistondagi faoliyatimiz demokratik boshqaruv, raqamli innovatsiyalar, inklyuziv o‘sish, barqaror qishloq xo‘jaligi, ayollar huquqlari, aloqadorlik va boshqalarni qamrab oluvchi dinamik loyihalarimiz bilan yaxshi ifodalangan. Bizning kuchli hamkorligimiz umumiy qadriyatlar va umumiy maqsadlarga asoslanadi. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va xalqining yaxshi kelajagi yo‘lida qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Men Yevropa Ittifoqining barcha do‘stlarini 18-may, shanba kuni Botanika bog‘ida ushbu tarixiy voqeani nishonlash uchun biz bilan birga bo‘lishga chin dildan taklif qilaman”, — deya taklif qiladi Sharlotta Adrian Xonim oliyalari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi.
O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan Yevropa Ittifoqi festivali 2024-yil 18-may, shanba kuni soat 14:00 da Toshkent Botanika bog‘ida o‘z eshiklarini jamoatchilikka ochadi.
Tadbir jamoatchilik uchun ochiq va kirish bepul.
2024-yil 18-may kuni boʻlib oʻtadigan Yevropa Ittifoqi festival-koʻrgazmasi va gala-konserti haqida batafsil maʼlumot olish uchun Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga tashrif buyuring:
Facebook: www.facebook.com/eudeluzb,
Instagram: www.instagram.com/eudeluzb/,
Telegram: https://t.me/eu4uz
Yevropa Ittifoqi haqida
Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston hamkorligi 1994-yilda oʻrnatilgan. Yevropa Ittifoqi 27 Yevropa davlatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqidir. U inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish qadriyatlariga asoslanadi. U hammaning manfaatini koʻzlab butun dunyo boʻylab barqaror ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish maqsadida faoliyat yuritadi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi
Xalqaro biznes markazi,
Amir Temur koʻchasi, 107 B
100 084 Toshkent, Oʻzbekiston
Telefon: +998(78)120-16-01/02/03/04
Faks: +998(78)120-16-08
Elektron manzil: Delegation-uzbekistan@eeas.europa.eu