Maqola

750 25/09/2025

18-sentabr kuni yo‘l harakati politsiyasi inspektori Lukoyanov-Gagino trassasida Shacman yuk mashinasini to‘xtatdi. Haydovchi Markaziy Osiyo davlatlaridan birida yashovchi 38 yoshli erkak bo‘lgan.

Tekshiruv davomida haydovchining sug‘urtasi bo‘lmagani, transport vositasida texnik nosozlik bo‘lgani, mehnat va dam olish qoidalarini buzish kabi bir qancha qoidabuzarliklar aniqlangan.

Haydovchi yo‘l varaqasi ichiga 2000 rubl qo‘yib pora berishga uringan.

Inspektor haydovchiga pul berish yaxshi emasligini, bunday qilish jinoiy javobgarlikka olib kelishini tushuntirgan. Biroq, ogohlantirishga qaramay, erkak baribir pul berishga uringan.

Politsiya xodimi pulni olishdan bosh tortgan va voqea haqida xabar bergan. Hammasi yozib olinib, transport vositasi va hujjatlar qayta tekshirildi va hammasi qonunga muvofiq amalga oshirildi.

Natijada xorijlik fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan. Bundan tashqari, to‘rtta, shu jumladan, mehnat tartib-qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya