104 20/11/2024

Rossiyada oziq-ovqat narxlarining real oshishi 2024-yilda 50% dan oshdi, deb yozadi «Gazetа.ru».

«Oziq-ovqat narxlari bo‘yicha real inflyatsiya yil boshidan buyon 50% dan 100% gacha bo‘ldi, balki undan ham yuqori. Uy-joy kommunal xizmatlari tariflarining oshishi va rubl qadrsizlanishi inflyatsiya bosimini kuchaytirmoqda. Bunday sharoitda yil oxirigacha va 2025-yilda narxlar o‘sish sur’atining sezilarli pasayishi ehtimoli juda kam. Yuqori inflyatsiya aholining real daromadlarini kamaytirishda davom etadi, ayniqsa, maosh darajasi Moskvaga nisbatan ancha past bo‘lgan mintaqalarda», — deya ta’kidladi iqtisodchi nashrga bergan intervyusida.

Ekspertning ta’kidlashicha, daromadining katta qismini oziq-ovqat va birinchi darajadagi ehtiyoj tovarlariga sarflaydiganlar uchun narxlarning qimmatlashishi yaqqol sezilmoqda. Chunki bu tovarlar narxi umumiy inflyatsiyaga nisbatan tezroq o‘smoqda.

Rossiya Markaziy bankining baholashicha, 21-oktyabr holatiga ko‘ra, yillik inflyatsiya 8,4% ni tashkil etgan. «Sinergiya» universiteti iqtisodiy nazariya va qo‘llanma iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi Tatyana Suvorovaning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil noyabr oyida birinchi zaruriyat tovarlari narxida keskin o‘zgarishlar kuzatilgan: masalan, saryog‘ narxi ikki baravarga yaqin oshgan, tarmoqli magazinlarda go‘sht narxi 1 kg uchun 1000 rublga yetgan.

Migrantlar ham mahsulot narxining oshishini sezmoqda. Qimmat narxlar ularning iste’mol savatchasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Migrant.uz nashriga bergan intervyusida muhojirlikdagi Azizaxon mahsulotlarni avvalgidek ishdan keyin yo‘ldagi do‘kondan emas, balki bozordan va katta miqdorda sotib olishni boshlaganini aytdi. Sotib olingan mahsulotlar u bilan bir kvartirada yashaydigan boshqa migrantlar o‘rtasida bo‘linadi. Uning aytishicha, bunday yo‘l bilan taxminan 5000 rubl tejash mumkin, bu esa shahar bo‘ylab bir oylik yo‘lkira narxiga teng.

Siz ham oziq-ovqat narxining oshishini sezdingizmi? Fikringizni bildiring!

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya