Мақола

95 17/03/2024

Respublika Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ararat Mirzoyan, Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan va boshqa rasmiy shaxslarning soʻzlariga koʻra, Yerevan Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni chuqurlashtirishga kirishgan va mamlakat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun nomzod maqomini olishga tayyor.

So‘nggi paytlarda Armaniston-Rossiya munosabatlaridagi inqiroz haqida ko’proq gapirilmoqda. Shu haftada Armaniston Kremlga rossiyalik chegarachilarni Yerevan aeroportidan chiqarish haqida rasmiy so‘rov yuborgan. Hujjatda Armaniston rasmiylari Zvartnots aeroportidagi chegaradan o‘tish joyini mustaqil nazorat qilishlari aytilgan.

1992 yilgi kelishuvga muvofiq, Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati (ФСБ) xodimlari arman hamkasblari bilan birgalikda Armanistonning Turkiya va Eron bilan chegaralarini qo‘riqlab keladi. Rossiya chegarachilari Armanistonning Gyumri, Artashat va Megri shaharlarida ham joylashgan. Zvartnots aeroportida esa alohida rossiyalik xavfsizlik xodimlari ishtirokidagi (ФСБ) nazorat punkti joylashgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu xabarlarni nodo’stona xatti-harakatlar namunasi deb atadi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayd etishicha, Yerevan uzoq yillik do‘stlar bilan emas, balki dushmanlar bilan munosabatlar o‘rnatmoqda.

Yaqinda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi (ОДКБ) Armanistonga nisbatan vazifalarni bajarmayotgani uchun armanlarning “ОДКБ” shartnomasida ishtiroklari “muzlatilgani”ni e’lon qildi. Bu soʻzlar Armanistonning Togʻli Qorabogʻ ustidan nazoratni yoʻqotganiga  ishora. 2023-yil sentabrida uchinchi Qorabogʻ urushi yakunlari boʻyicha 2024-yil boshidan Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kirdi.

Armaniston 2014 yildan beri YOII aʼzosi boʻlib keladi, buning uchun Yerevan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdan bosh tortgan edi.

2023 yilgi ma’lumotlarga koʻra, Armaniston uchun asosiy bozorlar Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy bo’lib qolmoqda. Armanistonning 40,6 foiz eksporti Rossiya Federatsiyasiga toʻgʻri keladi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksporti esa 8,4 foizni tashkil etadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация