Author Archive

Hammomdagi tahqirlov. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi nota berdi

10-aprel kuni Moskvadagi «Бодрость» hammomida qirg‘izistonlik migrantlarning ommaviy tahqirlanishi sababli Qirg‘iziston Rossiyadan rasman izoh talab qildi. 14-aprel kuni Bishkekda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev va Rossiya elchisi Sergey Vakunov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rossiya tomoniga muhojirlarning tahqirlanishi, qo‘lga olinishi sabablari va nima uchun kuch ishlatilgani izohlab berilishi...

Saxarovoda muhojir vafot etdi: ularning huquqini kim va qanday himoya qilishi kerak?

5-aprel kuni Moskva shahrida patentga hujjat topshirish uchun borgan o‘zbekistonlik muhojir vafot etdi. 54 yoshli o‘zbekistonlik erkak ikki sutka navbatda turib, uchinchi kuni ham patentga topshirishga borgan. Va nihoyat uchinchi kuni navbati kelib, migratsiya markaziga kirayotganda birdan hushini yo‘qotgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar o‘zbekistonlik erkak hayotini saqlab qola...

«Qulog‘imgacha qarzga botdim…” — qarzdan chiqishning hayotiy va oson usullari

“Birini yopsam, ikkinchisi chiqadi. Qarzlar qop-qop! Ham ishlayman, ham tinchlik-halovatim yo‘q…” Agar bu gaplar sizning ham hayotingizga taalluqli bo‘lsa — demak, taqdir to‘g‘ri maqolaga duchor qilibdi. Qarzdorlik bo‘yinga osilgan toshga o‘xshaydi. Doim sizga og‘irlik va yuk beradi. Agar siz xorijda bo‘lsangiz, ikki karra og‘ir. Ijara, patent, oylik yuborish, keyin...

Volgogradda reyd: slavyan bo‘lmaganlarning hujjatlari tekshirildi

9-aprel kuni Volgogradda huquq-tartibot idoralari tomonidan migratsiya qonunchiligi va qonunning boshqa sohalari buzilishi holatlarini aniqlashga qaratilgan yirik reyd o‘tkazildi. Tadbir Dzerjinskiy tumanida, Aviatorov shossesidagi Ashan gipermarketi yaqinida boshlandi. Operatsiyada politsiya, FSB, sud ijrochilari, harbiy komissarlik va harbiy tergov boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Xavfsizlik kamuflyaj kiygan qurolli askarlar tomonidan ta’minlandi....

Rossiya armiyasida xizmat qilgan o‘zbekistonlik qamaldi

Namangan viloyatida yashovchi fuqaro Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, Mariupolda xizmat qilganidan so‘ng yollanma askarlik bo‘yicha aybdor deb topildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman sudi uning ishi bo‘yicha hukm chiqardi, deb yozadi UzNews.uz. Ish materiallariga ko‘ra, 51 yoshli fuqaro K. 2023-yilning may oyida Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga jo‘nab ketgan va...

“Konvert” ichidagi “xotirjamlik” – muhojirlar uchun pul yig‘ish sirlari

Kasal bo‘lish, ishsiz qolish, hujjatlar uchun pul, vatanga tez pul yuborish… Bu kabi vaziyatlar har bir muhojir boshidan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan real hayot. Bunday pallalarda kim yoki nima muhojirga yordam beradi? Bormi shunday beminnat “hojatbaror”? Bor! Bu jamg‘arma! Aslida jamg‘arma har bir insonda bo‘lishi kerak. Agar sizda xanuz moliyaviy...

Rossiyadagi xorijliklar soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar yetakchi

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda mamlakatdan 190,2 ming kishi chiqarib yuborilgan yoki deportatsiya qilingan — bu 2023-yilga nisbatan 31,1 foizga ko‘p. Ulardan 157 ming nafar chet ellik qonunbuzarliklar sababli majburan mamlakatni tark etgan (+44,6 foiz). Rossiya IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyning ma’lum qilishicha, 650 ming migrantdan faqatgina 18 ming nafari...

«Rossiyada migrantlar uchun hayot yo‘q” – huquq himoyachisi

Rossiyada migrant oilalarining bolalariga nisbatan davlat siyosati tobora qattiqlashmoqda. Bu haqda tojik huquq himoyachisi va migratsiya bo‘yicha ekspert Karimjon Yorov haqqin.az saytiga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qonunga muvofiq, migrantlarning bolalari maktabga qabul qilinishi uchun ularning mamlakatda qonuniy yashashi va rus tilini yetarli darajada bilishi tasdiqlanishi...

Rossiyada WhatsApp akkauntini birovga berganlar 10 yilgacha qamalishi mumkin

WhatsApp akkauntini (Meta kompaniyasiga tegishli, faoliyati Rossiyada taqiqlangan) birovga vaqtincha foydalanish uchun bergan bo‘lsangiz va sizning akkauntingizni firibgarlik maqsadida ishlatishsa buning uchun siz 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishingiz mumkin. Bu haqda Rossiya IIVning Xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati ogohlantirdi. Xabarda aytilishicha, WhatsApp akkauntlarni call-markazlar «firibgarlik qilish maqsadida» ijaraga olishi kuzatilmoqda....

“Mehnat qildim, pul topdim. Endi-chi?”

— Muhojirlar uchun foydali tavsiyalar Ko‘chada sovuqda ishlab, qurilishda yurib, oy oxirida nafaqat o‘zingiz, balki oilangiz uchun ham ter to‘kib pul topgansiz. Ammo «topganim qayoqqa ketyapti?», “Nega pul ushlab bo‘lmayapti” degan savol sizni ham bezovta qiladimi? Agar shunday bo‘lsa, siz yolg‘iz emassiz. Chunki bunday muammolar juda ko‘pchilikni bezovta qiladi....
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya