Author Archive

2024-yilda qariyb besh million migrant tibbiy yordam so’ragan

Ushbu ma’lumotlarni 2021-yildan boshlab hisobot olib borayotgan Rossiyaning Yagona idoraviy axborot-statistik tizimi keltirmoqda. Rossiyada chet ellik bemorlar asosan diagnostika, oftalmologik yordam, shuningdek, ginekologiya, xirurgiya va onkologiya sohalarida tibbiy xizmatlardan foydalangan. Rossiyada tibbiy yordam oladigan xorijliklarning aksariyati Markaziy Osiyo va boshqa sobiq sovet davlatlari fuqarolari ekani aytilmoqda. Hozirgi kunda Rossiyaning...

Qarzlardan qutulishning samarali usullari

Qarzlar moliyaviy farovonlik va erkinlik yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, yangi davlatda qo‘shimcha moliyaviy muammolarga duch keladigan migrantlar uchun bu yanada qiyin bo‘ladi. Biz migrantlarning moliyaviy savodxonligiga bag‘ishlangan turkum maqolalar nashr etishda davom etamiz. Bunda bizga ishonchli hamkorimiz — SalamPay pul o‘tkazish xizmati yordam beradi. Ilovani quyidagi havola...

Rossiyada apreldan kuchga kiradigan qonundagi o‘zgarishlar

Rossiyada apreldan boshlab muhojirlarga tegishli bo‘lgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Xorijda olingan haydovchilik guvohnomalari Rossiyada yaroqsiz bo’lib qoladi 1-aprelgacha chet elda berilgan haydovchilik guvohnomalari Rossiyanikiga almashtirilishi kerak. Mazkur tartib Rossiyadan boshqa davlatlarda haydovchilik guvohnamalarini olib, Rossiyada mashina boshqarayotgan xorijliklar, fuqaroligi yo’q shaxslar, 2024-yil 1-apreligacha Rossiya fuqaroligi, doimiy...

Migratsiya va siyosat: nega Markaziy Osiyo fuqarolari uchun viza rejimi taklif qilinmoqda?

“Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari va shu nomdagi partiya raisi Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun viza rejimini joriy etishni taklif qildi. Novosibirskda viloyat partiya faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda u mehnat muhojirlari uchun patent tizimining samaradorligiga shubha bildirdi. «Patent tizimi o‘zini oqlamaydi, chunki chet el...

Rossiyada migrant bolalar uchun rus tilidan testda dastlabki ballar belgilandi

Ta’lim va fan sohasidagi nazorat bo‘yicha Federal xizmat migrant bolalar uchun rus tilidan test natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Testdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun uch ball to‘plash lozim, bu an’anaviy besh ballik shkala bo‘yicha «uch» bahosiga teng. Shu bilan birga, dastlabki ballar miqdori va tayyorgarlik...

Moskva va Piterda hayit namozi vaqti hamda joyi

Moskva: Moskvada Ramazon hayiti bayrami namozlari 30-mart kuni soat 7:00 da o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Rossiya Musulmonlari idorasining Muftiylar kengashi matbuot xizmati. Musulmonlarga joynamozlarini olib kelish va yo‘nalishni oldindan rejalashtirish tavsiya qilinmoqda. Chunki bayram namozi munosabati bilan masjid atrofidagi ko‘chalar bugun tungi 23:00dan ertangi 11:00 gacha yopiladi. Moskvada bayram...

Sankt-Peterburgda muhojirni o‘g‘irlab, kaltaklagan to‘rt kishi qidirilmoqda

Hammollik qilib qo‘shimcha pul ishlab topishga urinish tojikistonlik muhojirga qimmatga tushdi. 25 yoshli fuqaro o‘g‘irlab ketilgan va unga o‘lim bilan tahdid qilingan, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi. 2020-yil 26-mart kuni Kalinin tumani politsiyasiga migrant murojaat qilgan. U o‘zining bir...

Rossiya janubidagi mehmonxonalarda migrantlarga taqiq tufayli ishchi kuchi yetishmayapti

Krasnodar o‘lkasida migrantlarni ishga joylashtirishga qo‘yilgan taqiq mehmonxona biznesida ishchilar yetishmasligi muammosini yanada kuchaytirdi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi kurortlar, turizm va olimpiya merosi vazirligining mehmonxona xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Darya Yezeyeva ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona egalari allaqachon kadrlar yetishmasligini his qilishmoqda va vaziyat yanada yomonlashadi. Kadrlar yetishmasligi masalasi...

Rossiyada 30-iyundan boshlab migrantning raqamli profili joriy etiladi

30-iyundan boshlab Rossiyada migrantlar uchun maxsus raqamli profil joriy etiladi. Bu elektron identifikator bo‘lib, qog‘oz hujjatlar, jumladan, ish patentining o‘rnini bosadi. Biroq uni joriy etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi. Davlat Dumasida 2024-yilda hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha...

Tojikistonlik muhojirlar va chechenistonliklar janjali pichoqvozlikka aylandi

Jinoyat qidiruv xizmati Peterburg markazidagi etnik nizoda ishtirok etgan yana uch kishini qo‘lga oldi. Bu haqda shahar va viloyat bo‘yicha Rossiya IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 17-mart kechqurun polisiyaga Ligov prospektidagi «Галерея» savdo markazi oldida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Biroq, xodimlar voqea joyiga...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya