Author Archive

11 oylik Lizani qutqarib qolgan Baxtiyor Ismoilov

Bu hafta Rossiya ommaviy axborot vositalarida muhojir asosiy qahramonlardan biri sifatida mavzu bo‘ldi. Gap shundaki, tojikistonlik Baxtiyor Ismoilov Podmoskovye katta trassasida yo‘l chetida qarovsiz qolgan Yelizaveta ismli 11 oylik qizaloqni topib olib, unga yordam ko‘rsatgan va ko‘ngilsizliklardan asrab qolgan. Ushbu voqea xususida bir nechta nashrlar va telekanallarda xabarlar berildi....

Reyestriga asossiz tushib qolgan muhojirlarni undan chiqara boshlashdi

Migrant.uz nazorat ostidagi shaxslar reyestriga asossiz tushib qolgan va undan o’z ma’lumotlarini chiqarishga erishgan muhojirlar bilan suhbatlashdi. “ВНЖ”ga ega Shahnoza M. T-bank ilovasida pullari muzlatilganidan keyingina reyestrga tushib qolganidan xabar topdi. Shahnoza M. “ВНЖ”ga ega bo’lgani uchun avval o’zini doimiy yashash uchun ruxsatnoma bo’yicha reyestrdа tekshirganida ma’lumotlari chiqmaganini aytadi....

Migrantlar nazorat ostidagi shaxslar reyestriga noto’g’ri kiritilganidan shikoyat qilmoqda

2025-yil 5-fevraldan boshlab Rossiyada mamlakatda noqonuniy bo‘lgan chet el fuqarolarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan nazorat ostidagi shaxslar reyestri faoliyat yuritmoqda. Ushbu reyestrga kiritilishi yashash joyini ruxsatsiz o‘zgartirish, yashash joyidan chiqib ketish, ko‘chmas mulk va avtomashinalar sotib olish, turmush qurish, banklarda hisob raqamlarini ochish, bolalarni ta’lim muassasalariga joylashtirishni taqiqlash kabi...

Xorijliklardan mashina sotib olgan rossiyaliklar jarimaga tortilmoqda

Rossiyaliklar chet ellik fuqarolardan naqd pulga mashina xarid qilganlari uchun jarimaga tortilmoqda. Jarima bitim summasining 20-40% miqdorida solinmoqda, deb yozmoqda “Mash” telegram kanali. Masalan, moskvalik ayol 2,85 million rublga olgan mashinasi uchun deyarli 900 ming rubl jarima to’lagani aytilmoqda. Bunga Federal Soliq Xizmati va «Valyutani tartibga solish va valyuta...

1-martdan taksi haydovchilarini majburiy attestatsiyasidan o‘tkazish boshlanadi

2025-yil 1-martdan Moskva va Moskva viloyatida taksi haydovchilarining majburiy attestatsiyasi boshlanadi. Attestatsiya quyidagi mavzular bo‘yicha savollarni o’z ichiga oladi: odam tashish qoidalari, shahar infratuzilmasi obyektlari va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi, deb xabar qilgan Moskva transport va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti. Idoraning ma’lum qilishicha, departamentning korporativ universiteti maxsus o’quv...

«Crocus City Hall» bo’yicha dastlabki tergov ishlari yakunlandi

«Crocus City Hall»dagi terrorchilik ishi bo’yicha dastlabki tergov yakunlandi. Barcha materiallarni to’plash, 20 nafar gumonlanuvchini qamoqqa olish uchun 11 oy ketdi, deb xabar bermoqda “Mash” telegram kanali. Tergov doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar 1700 dan ortiq odamni so’roq qildi, ularning 800 nafari guvohdir. 20 nafar gumonlanuvchi, terrorchilik aktining 4...

Rossiya 11 million ishchiga muhtoj: iqtisodiyot ularni qayerdan oladi?

Kelgusi besh yil ichida Rossiyada 11 million ish joyi bo‘shaydi. Kadrlar taqchilligining asosiy sababi ishchilarning katta qismining nafaqaga chiqishi bo‘lib, bu mehnat bozorida bo‘shliqning shakllanishiga olib keladi. Bu haqda Mehnat vaziri o‘rinbosari Dmitriy Platigin o‘rta kasb-hunar ta’limi bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishida ma’lum qilgan. Qaysi sohalar eng ko‘p zarar ko‘radi?...

«Yandex Taksi» haydovchilardan soliqlarni majburiy ushlab qolishni boshladi

«Yandex Taksi» xizmati 1-fevraldan barcha «самозанятый» bo‘lib ishlaydigan haydovchilardan daromad solig’ini majburiy ravishda ushlab qoladi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlariga asoslanib, «Ведомости» nashri xabar bermoqda. Avval soliqni avtomatik hisoblash va ushlab qolish xizmatiga ulanish ixtiyoriy edi, ammo endi hamkorlik qiluvchi barcha haydovchilar uchun majburiy bo’ladi. Mazkur tartib Rossiya soliq xizmati...

Ayrim chegara punktlarida migrantlarga yangi hujjatlar berish boshlanadi

1 iyuldan boshlab ayrim chegara o‘tish joylarida migrantlarga xorij fuqarosi haqidagi barcha kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan raqamli profil kartalari beriladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksandr Gorovoy “Комсомольская правда” radiosi efirida xabar berdi. Unda barmoq izlari, roʻyxatdan oʻtilgan joy, patentlar, mehnat shartnomalari muddati,...

Noqonuniy migrantlar reyestriga tushgan muhojirlar duch keladigan cheklovlar

5-fevraldan Rossiyada noqonuniy bo’lib turgan chet el fuqarolari ro‘yxatidan iborat “nazorat qilinuvchi shaxslar reyestri” (pеестр контролируемых лиц) ishlay boshlaydi. 2024-yil 8-avgustdagi 260-sonli Federal qonunga muvofiq, mamlakatda qonuniy asoslarsiz bo’lgan migrantlarga nisbatan “chiqarib yuborish rejimi” (режим высылки) joriy etiladi. Rossiyada bo‘lishga taqiq va ma’muriy tartibda chiqarib yuborishdan tashqari, bu reyestrga...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya