Author Archive

Turkiyada AES qurilishida markaziy osiyolik ishchilar ish haqini talab qilmoqda

2025-yilning 23-iyulida Turkiyadagi “Akkuyu” atom elektr stansiyasi qurilishida ish tashlash boshlandi. Ishchilar, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolari yo‘lni to‘sib, transportni to‘xtatgan. Ular bir necha oydan beri olmagan maoshlarini berishni talab qilmoqda. “Akkuyu” AES Rossiyaning “Rosatom” sho‘ba korxonasi “Akkuyu Nuclear” kompaniyasi tomonidan qurilmoqda. Ishchilar rossiyalik pudratchi...

Sankt-Peterburgda migrantlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlanadi

Sankt-Peterburg hukumati mehnat muhojirlariga taalluqli yana bir cheklovchi qaror qabul qildi: 2025-yil 1-oktabrdan boshlab migrantlar patent bo‘yicha ishlasa, taksi sohasida ishlay olmaydi. Tegishli farmonni gubernator Aleksandr Beglov imzoladi. Hujjatda aytilishicha, taqiq patent tizimi boʻyicha ishlayotgan barcha xorijiy fuqarolarga, yaʼni Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning katta qismiga taalluqlidir. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra,...

Nefteyuganskdagi hujum: politsiyachilarni do‘pposlagan «migrantlar» mahalliy aholi ekan

Nefteyuganskda politsiyachilarni kaltaklagan “migrantlar” haqidagi taxmin tasdiqlanmadi. Federal va mintaqaviy ommaviy axborot vositalarining zo‘r berib qilgan da’volari chippakka chiqdi. Qo‘lga olinganlarning barchasi mahalliy aholi bo‘lib chiqdi. Patrul-post xizmati (PPS) xodimlariga hujum 25-iyul kuni kechqurun shahardagi turar-joy massividagi hovlilardan birida sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki politsiyachi shovqin qilayotgan mast...

Tyumenda muhojirlar qaysi sohalarda ko‘proq ishlayapti?

Tyumenda migrantlar 2025-yilda 16 mingga yaqin patent oldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2 baravar ko‘pdir, deb xabar bergan viloyat mehnat boshqarmasi. Muhojirlarning ko‘pchiligi qurilishda ishlaydi. “Hozirgi kunda chet ellik ishchilarning qariyb 80 foizi qurilish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgani shu sohada chet ellik ishchilarga bo‘lgan ehtiyojning ko‘pligini bildiradi”, —...

1-avgustdan WhatsApp va VPN bloklanadimi? – deputat javob berdi

1-avgustdan Rossiyada WhatsApp va VPN bloklanishi haqidagi xabarlar Davlat Dumasi raisining sobiq maslahatchisi jurnalist Anastasiya Kashevarovaning telegramm kanalida paydo bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, «firibgarlar va dushmanlar» tomonidan foydalanilgani aytilayotgan WhatsApp messenjeri 1-iyul kuni bloklanishi kerak edi, ammo qaror keyinga qoldirildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hududlarda ular allaqachon uni vaqtincha o‘chirib...

Migrant kuryerlar istiqomat qilgan xonadondagi yong‘indan so‘ng uy egasi qo‘lga olindi

Moskvada tergovchilar migrantlar jabrlangan Mitnaya ko‘chasida ro‘y bergan yirik yong‘inga aloqadorlikda kvartira egasini qo‘lga oldi. To‘rtinchi qavatda joylashgan ushbu xonadonda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan kuryerlar yashagan. Avvalroq OAV xabar qilganidek, yong‘in, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lgan – elektr skuterlardan biri zaryad olayotganda yonib ketgan. Yong‘in yashovchilardan...

Uchinchi qavatdan yiqilgan migrant halok bo‘ldi

Moskvada mehmonxona derazasidan qochishga uringan o‘zbekistonlik muhojir yiqilib vafot etdi. Voqea kechki payt poytaxt janubidagi butik-otellardan birida yuz bergan. Taxminan soat 23:00 da o‘tkinchilar uchinchi qavatdagi derazada paydo bo‘lgan odamni payqashdi – u faqat ichki kiyimda bo‘lib, ustki kiyimlarini qo‘lida ushlab olgan. Avvaliga u tashqi kondisioner blokiga sakrab tushgan,...

«Migrant» qo‘ylar hosilni yeb qo‘ydi

Lipetsk viloyatining Panikovets qishlog‘ida haqiqiy “qo‘ylar bosqini” ro‘y berdi. Ijtimoiy faol, “SVO faxriylari ittifoqi” raisi o‘rinbosari Irina Dudorovaning polizi to‘rt oyoqli “dushmanlar” hujumiga nishon bo‘ldi. Dushman esa qo‘ylar galasi edi. Dudorovaning so‘zlariga ko‘ra, u mehr bilan yetishtirgan sabzavotlar “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashayotgan jangchilarga atalgan edi. U yig‘ib olingan hosildan...

Rossiyada millionlab ishchilar yetishmaydi: muhojirlar ketmoqda, yangilari kelmayapti

Rossiyada jiddiy ishchi kuchi tanqisligi davom etmoqda. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda 2,4 milliondan 3 milliongacha ishchi yetishmaydi va bu defitsit 2030-yilgacha barham topishi dargumon. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar bermoqda. Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (РСПП) prezidenti Aleksandr Shoxin bu tanqislikni mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa ichki resurslar...

Rossiyada migrantlarning xatti-harakati va ularning farzandlari tarbiyasi muhokama qilinmoqda

Rossiya prezidenti maslahatchisi va Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeyev mamlakatda istiqomat qilayotgan ayrim muhojirlarni qattiq tanqid qildi. Uning da’vo qilishicha, muhojirlar ko‘pincha Rossiyadagi zamonaviy hayotga mos kelmaydigan odat va urf-odatlarni olib kelishar ekan. Fadeyev, ayniqsa, maktabga bormayotgan migrant bolalar muammosi uni tashvishga solayotganini aytdi. «Konstitutsiya va qonunlarga ko‘ra...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya