Maqola

189 22/09/2024

Sankt-Peterburgdagi yo’l-transport hodisasidan jabrlangan o’zbekistonlik kuryerning avariya natijasida uning oyoqlari singan, biroq holati barqaror. Endi uni oyoqlarini tiklash uchun murakkab operatsiyasi kutmoqda. Bu haqda o’zbekistonlik kuryerning qarindoshi “X” ijtimoiy tarmog’ida xabar bergan.

Eslatib o’tamiz, hodisa 19-sentabr kuni Sankt-Peterburgdagi Sredniy prospekt va Vasilyevskiy ostrov 1-yo’li ko’chalari kesishmasida sodir bo’lgandi. 38 yoshli karshering haydovchisi chap tomonga burilish paytida boshqaruvni yo’qotib, boshqa bir avtomobil bilan to’qnashgan. Zarba natijasida yengil avtomobil qarama-qarshi yo’lga chiqib ketib, yuqori tezlikda oziq-ovqat do’koni vitrinasi yonida bo‘lgan kuryerga urilgan.

Avtomobil vitrinaga urilishdan yonida turgan o’zbekistonlik kuryer-migrant bilan birga teshib o’tgan. O’zbekistonlik jiddiy jarohat olgan, ammo baxtiga omoni qolgan. U shoshilinch ravishda shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda o’zbekistonlik jabrlangan migrant hushida, lekin singan oyoqlari tufayli unga murakkab operatsiya qilinishi kutilmoqda. Falokatning ixtiyorsiz qurboni bo’lgan kuryer migrantning sog’ayib ketishiga umid qilamiz.

Huquq-tartibot organlari hodisa aybdori qo’lga olinganini va tergov harakatlari olib borilayotganini xabar qildi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya