Yil boshidan beri Rossiyadan 35 mingga yaqin xorijlik deportatsiya qilingan

Federal sud ijrochilari xizmati (ФССП) matbuot xizmati ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyadan 35 mingga yaqin xorijlik va fuqaroligi bo’lmagan shaxs deportatsiya qilingan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida, ya’ni 2024-yilning yanvaridan avgustigacha 55 mingga yaqin odam deportatsiya qilingan edi. Demak, bu yilgi raqam uchdan birga kamaygan. Boshqa...

Rossiyada patent bekor qilinishi mumkinmi?

18-sentyabr kuni Vladimir Putin Davlat Dumasida siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda migratsiya masalasi markaziy mavzu bo‘ldi. Turli partiyalar rahbarlari hamda Prezident Vladimir Putin muhojirlar bilan bog‘liq muammolar, patent tizimi, til imtihonlari va migrantlar oilalari masalasi haqida o‘z qarashlarini bildirdi. Xo‘sh, ushbu uchrashuvdan migratsiyaga oid qanday ishoralarni...

Sankt-Peterburgda ommaviy reydlar

Sankt-Peterburgning Moskva tumanida navbatdagi profilaktik reyd o‘tkazildi. Ichki ishlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasi xabar berishicha, politsiya xodimlari Vitebskiy prospektidagi Sankt-Peterburgdan chiqish va Moskovskie Vorota maydonida navbatchilik qilishgan. Tezkor xodimlar 300 ga yaqin haydovchini tekshirdi – ulardan 57 nafari xorijlik bo‘lib chiqdi. Ulardan to‘rt nafarining hujjatlarida xatolik bo‘lgan va rus...

O‘zbekistonliklar kaltaklandi, TIV nota yubordi

13-sentyabr kuni Vladivostokda bir gala rossiyalik o‘smirlar migrant haydovchiga hujum qilib, uning mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi. Avvaliga ular o‘tib ketayotgan mashinalarga tosh otishgan. Haydovchilar gaplashish uchun chiqishganda olomon darhol hujumga o‘tdi. Butun voqea videoga olingan. Yozuvda kulgi, qichqiriqlar, urishga chaqiriqlar, bezorilarning ism-shariflari eshitiladi. Haydovchi bezoridan pichoqni tashlashni aytgan va...

Nyagan shahrida politsiyaga pora taklif qilgan migrant qamaldi

Nyagan shahrida sud 38 yoshli xorijlikni yo‘l harakati politsiyasi xodimiga pora berishga urinishda aybdor deb topdi. Erkak “muammoni joyida hal qilmoqchi” va tanishini yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy jazodan qutqarmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Xanti-Mansiysk avtonom okrugi sudlari matbuot xizmati xabar berdi. Voqea ayblanuvchi bo‘lgan avtomobil yo‘l harakati xavfsizligi...

O‘z vatandoshini Rossiya urushiga yubormoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

Navoiy shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol hamyurtini Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyada qatnashish uchun Rossiya armiyasiga jalb qilishga uringani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari, Navoiy viloyat sudi apellyasiya hay’ati birinchi instansiya hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi, deb yozadi Kun.uz. Ish materiallarida Navoiy shahrida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan N.U. muqaddam...

Qotillikdan keyingi reydlar: mushtlashganlar orasida ruslar ham bo‘lgan

Moskvada migratsiya rejimi bo‘yicha keng ko‘lamli tekshirishlar davom etmoqda. “50 let Oktyabrya” ko‘chasidagi yotoqxonalardan birida Tergov qo‘mitasi Rossiyada noqonuniy bo‘lgan 80 dan ortiq xorijlikni aniqladi. Reyd davomida jami mingga yaqin kishi tekshirildi. Qoidabuzarlar milisiya bo‘limlariga olib ketilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda. Xavfsizlik xizmati xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, mehmonlar...

Qaytar dunyo: Latviya til imtihonidan o‘ta olmagan ruslarni «deport» qilmoqda

Latviyada 841 nafar Rossiya fuqarosiga 2025-yil oktyabr oyi o‘rtalarigacha mamlakatni tark etish to‘g‘risida buyruq berildi. Bu haqda Fuqarolik va migratsiya departamenti xabar berdi. Bunga sabab, rossiyaliklar latish tilidan majburiy imtihondan o‘ta olmagan. Qonunga ko‘ra, Latviyada doimiy yashovchi va yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan barcha ruslar 2025-yil 30-iyungacha Yevropa Ittifoqining...

Soxta “prava” ishlatgan migrant sudlanadi

Ryazandagi “Dyagilevskiy” yo‘l politsiyasi postida politsiya xodimlari qalbaki haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatgan 34 yoshli Markaziy Osiyo respublikalaridan birining fuqarosini qo‘lga oldi. Hujjatning sifati inspektorlarda shubha uyg’otdi, shundan so’ng u ekspertiza uchun yuborildi. Ekspertiza natijalari hujjatning qalbaki ekanligini tasdiqladi. Xorijiy fuqaroga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismi (qasddan soxta hujjatdan...

AQSH 39 O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

AQSH hukumati 7-sentyabr yakshanba kuni O‘zbekistondan bo‘lgan 39 nafar shaxsni deportatsiya qilib, ularni O‘zbekistonga qaytarish reysini amalga oshirdi. Bu shaxslar Amerikada qonuniy huquqqa ega bo‘lmagani sababli deportatsiya qilingani aytilmoqda. AQShga noqonuniy kirib kelganlar qamaladilar va deportatsiya qilinadilar. Bu parvoz AQSH chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan qo‘shma harakatlar doirasidagi amaliy...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya