Wildberries omborlari kuli ko‘kka sovrildi. Kompaniya shartnomani o‘zgartirdi

2026-yil 18-iyulga o‘tar kechasi Rossiyadagi Wildberries marketpleysining ikki yirik logistika markazi — Moskva viloyatidagi Elektrostal va Tambov viloyatidagi Kotovsk omborlari dronlar hujumiga uchradi. Hujum oqibatida yirik yong‘inlar kelib chiqdi, insonlar halok bo‘ldi, yuzlab tadbirkorlarning tovarlari yonib ketdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 8 nafar xodim ish joyida halok bo‘ldi....

Moskva viloyatiga katta dron hujumi uyushtirildi

20-iyul kechasi Moskva viloyati Ukraina dronlari tomonidan keng ko‘lamli hujumga uchradi. Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, 19-iyul oqshomidan boshlab Moskva va Moskva viloyatiga 400 dan ortiq dronlar uchib kelgan. Ularning aksariyatini havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvadan uzoqroq joylarda yo‘q qilgani, 85 ta dron esa poytaxtga yaqinlashganda urib tushirilgani...

Daromadingiz kam bo‘lsa, patentingiz bekor bo‘ladi

Federatsiya Kengashi chet el fuqarolari uchun Rossiyada boʻlish va ishlash qoidalarini kuchaytiruvchi yangi qonunni ma’qulladi. Endi muhojirlar oʻzlarini va qaramogʻidagi oila a’zolarini mintaqaviy koeffitsiyentni hisobga olgan holda yashash minimumidan kam boʻlmagan daromad bilan ta’minlashi shart. Daromadlarni nazorat qilish uchun soliq xizmatlari va Ijtimoiy fond chet elliklarning ish haqi va...

Tramp trak haydovchilarni tartibga solmoqchi

Donald Tramp AQSh rasmiylari migratsiya statusiga ega boʻlmagan chet ellik trak haydovchilarini qattiqroq nazorat qilishini ma’lum qildi. Ularning oʻrniga amerikalik harbiy faxriylarni ishga yollash rejalashtirilmoqda. Tramp yangi qaror haqida Pensilvaniya shtatining Karlayl shahrida boʻlib oʻtgan mudofaa va innovatsiyalar boʻyicha sammitdagi nutqi chogʻida gapirdi. U yuk mashinalari rulida boʻlgan noqonuniy...

Ehtiyot bo‘ling! “Avito” yashirin ravishda urushga yollamoqda

Rossiya kompaniyalari «Avito»da e’lon berib o‘zlarini Ukraina dron hujumlaridan himoya qilishga urinmoqda. Onlayn platformada 200 000-300 000 rubl maosh oladigan “qo‘riqchilar”ni yollash e’lonlari tarqatilmoqda. Biroq ular «Moskva osmoni» va boshqa shaharlarni, jumladan, neftni qayta ishlash zavodlari, neft terminallari, portlar va harbiy kasalxonalarni qo‘riqlashga jalb qilinadi. Yana «kuryer»larni ishga olish...

Latviyada ikki oʻzbekistonlik oqqush oʻldirishda ayblanmoqda

Ikki Oʻzbekiston fuqarosi Sarnikava qishlog‘ida oqqushga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgani uchun sudga tortiladi. Yurmaladagi Riga tuman sudi 15-iyulda ushbu jinoyat ishini koʻrib chiqishni boshlaydi. Voqea oʻtgan yilning bahorida Gauya daryosi qirgʻogʻida sodir boʻlgan. Ayblov materiallariga koʻra, 2025-yil 30-mart kuni ikki erkak oqqushni yegulik bilan jalb qilgan. Shundan soʻng ulardan...

Migrantlar maxsus ilovali smartfonlar sotib olishga majbur qilinadi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolarini ularning turgan joyini nazorat qilish uchun smartfonlar sotib olishga majbur qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Zubov RBK bilan suhbatda aytib oʻtdi. Mamlakatga kelayotgan har bir chet el fuqarosi, ayniqsa mehnat migranti yoki uzoq muddatga kelayotgan shaxs roʻyxatdan...

Ussuriyskda ikki oʻzbekistonlik uzoq yilga qamaldi

Primore oʻlkasining Ussuriysk tuman sudi ikki oʻzbekistonlik fuqaroni yashirin joylar (“zakladka”lar) orqali giyohvand moddalarni sotishga urinishda ayblab qamoq jazosiga hukm qildi. Ulardan biri 11 yil, ikkinchisi esa 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini oldi. Jazoni qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasida oʻtashga hukm qilindi. Tergov aniqlashicha, 2025-yil yanvar oyida 31...

Oʻzbekiston va Belarus fuqarolar uchun kirishni soddalashtirdi

Oʻzbekiston va Belarus rasmiylari roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlish muddatini 3 kundan 10 kungacha oshirishga kelishib oldi. Endi ikki davlat fuqarolari bir-birlarining hududida hujjatlarni majburiy rasmiylashtirmasdan 10 kungacha boʻlishlari muOʻzmkin, ilgari bu muddat bor-yoʻgʻi 3 kunni tashkil etar edi. Oʻzgarishlar Fuqarolarning oʻzaro safarlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomada koʻzda tutilgan....

“Vatandosh Rossiya” jamoasi Qozog‘istondagi mediafestivalda ishtirok etdi

Shu yilning 7–8-iyul kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota shahri mezbonlik qilgan CONNECT FOR PEACE FESTIVAL 2026 anjumani bo‘lib o‘tdi. Internews tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan mediafestivalda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning yetakchi media mutaxassislari ishtirok etdi. Festivalda OAVning sun’iy intellektdan qanday foydalanayotgani, dezinformatsiyaga qarshi kurashayotgani, algoritmlarga moslashayotgani, yangi moliyalashtirish modellarini izlayotgani hamda...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya