Turkum: Россия хабарлари

Ermitaj muzeyida saqlanayotgan O‘zbekiston osori-atiqalari

Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Ermitaj muzeyi Rossiyaning eng katta muzeyidir. Ermitajda 1000 dan ortiq xonalar mavjud bo’lib, ulardan biri «Diplomatik sovg’alar» deb ataladi. Bu to’plam Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining elchilari tomonidan rus imperatoriga taqdim etilgan sovg’alardan iborat. «Diplomatik sovg’alar» to’plamidagi Buxorodan Ermitajga keltirilgan eksponatlarda qorako‘l terilari, o’ram matolar, bezaklar...

Moskvada “dvorniklar”ning daromadi ko‘tarilib ketdi

Qish yaqinlashmoqda, demak, yaqin orada Moskva aholisi “dvornik”larning keskin yetishmasligidan shikoyat qila boshlaydi. Mutaxassislar hozircha xodimlar yetarli ekanini ta’kidlamoqda. Ammo dvorniklarga talab va ish haqi ortib borayotganini kuzatish mumkin: bir yil ichida uy-joy kommunal xo’jaligi xodimlarining ish haqi 29 foizga oshdi. Bunday statistikani «Парламентская газета» nashri keltirmoqda. Hozirgi kunda...

Davlat Dumasi migrantlarga uy-joy ijarasi to’g’risidagi qonunni ko’rib chiqadi

Rossiya hukumatiga ko’rib chiqish uchun ijarada yashaydigan muhojirlar ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilayotgan qonun loyihasi yuborildi, deb xabar bermoqda Rossiya parlamenti xalqaro ishlar qo’mitasi va «ЛДПР» partiyasi rahbari Leonid Slutskiy. U o‘zining telegram kanalida ma’lum qilishicha, qonun loyihasini Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi ishlab chiqqan. Leonid Slutskiyning so’zlariga ko’ra, Moskvadagi...

Piterda universitet rektori noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlikda ayblanmoqda

Sankt-Peterburg restavratsiya-qurilish instituti rektori Aleksandr Borzov hibsga olingandan so’ng o’quv yurti binosiga tintuvlar o’tkazilgan. Politsiyachilar tintuv davomida katta miqdordagi naqd pul bor seyfni va migrantlarga atalgan diplomlar to’plamini topgani xabar berilmoqda. «Mash на Мойке» kanalining yozishicha, Borzov Suriya, Misr va boshqa arab davlatlari fuqarolari uchun Rossiyaga kelib o’qishlarini tashkillovchi...

O‘zbekistonlik ayol 6 farzandini tashlab, erining ortidan urushga ketdi

Shot telegram kanalida e’lon qilingan videolavhada Hulkar Oydinova erining ortidan urushga borishi kerakligini marhum qaynonasi tushida aytganini ta’kidladi. Hulkarning eri ham O‘zbekistondan, u 2022-yildan beri urushda. Vladivostokdan ixtiyoriy ravishda «SVO»ga jo‘nab ketgan. Bir yarim oy o‘tib, Hulkar olti farzandini (ulardan kenjasi o‘shanda 8 oylik edi) va o‘z biznesini qoldirib,...

Podolskda migrantlarning 10 yashar qizi opasini o‘ldirib qo‘ydi

Moskva yaqinidagi Podolskda fojia yuz berdi: 10 yoshli qiz idish-tovoq yuvish ustida janjal paytida 13 yoshli opasini o‘ldirib qo‘ygan. “Mash” telegram kanali xabariga ko‘ra, qizlarning ota-onalari ishda bo‘lgan, ular uyda yolg‘iz qolishgan. Opa singlisidan idish yuvishni talab qilganda o‘rtada janjal chiqqan va 10 yoshli qiz opasini oshxona pichog’i bilan...

Rossiyada qasamyod qilmagan chet elliklar fuqaroligidan mahrum qilinadi

Rossiya fuqaroligini olgan, ammo qasamyod qilmagan shaxslar 2024-yil 23-noyabrdan boshlab Rossiya fuqaroligidan mahrum qilinadi, deb xabar beradi Rossiya IIV o‘zining veb-saytida. Ammo bu qoida Rossiya fuqaroligini 2017-yil 1-sentyabrigacha olganlarga tegishli emas. «2024-yil 22-noyabrdan boshlab 2002-yil 31-maydagi «Rossiya federatsiyasi fuqaroligi to’g’risida»gi qonunga muvofiq Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan shaxslar uchun qasamyod...

Ukrain dronlari O’zbekistondan uchib kelayotgan yo‘lovchi samolyotni urib tushirishga sal qoldi

O’zbekistondan Sheremetyevoga qo‘nishi kerak bo‘lgan Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti ukrain dronlari hujumiga duch kelgan, deya xabar berdi “Mash” kanali. 10-noyabr Moskva vaqti bilan soat 9:37 da qo’nishi kerak bo‘lgan yo‘lovchi samolyot oxirgi daqiqada uchta dronga to‘qnashayotganini payqagan va ulardan biri bilan juda yaqin kelgan. Rossiya havo mudofaasi ushbu dronlarni...

Putin vositachi tashkilotlarga migrantlardan rus tilidan imtihon olishni taqiqlovchi qonunni imzoladi

Endilikda bunday imtihonlarni faqat vakolatli davlat organlari o‘tkazishi mumkin bo‘ladi, uchinchi tomon tashkilotlariga esa faqat axborot va texnik yordam ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Qonun e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun o’tgach kuchga kiradi. Ilgari migrantlar majburiy imtihonlarni uchinchi tomon tashkilotlari orqali topshirishlari mumkin edi. Ushbu imtihonlar vaqtinchalik yashash, ishlash yoki...

“Marshrutka”dagi to‘polon yosh bolalarni qo‘rqitib yubordi

Tula shahridagi “marshrutka”lardan biri migrant va ko‘rinishidan rossiyalik yigit o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan. Telegramm  kanalining yozishicha, ulardan biri haydovchidan qaytimini olib bervorishni so‘ragan. Ikkinchisi bunga majbur emasligini aytgan. O‘rtada kelib chiqqan mushtlashuvdan transportda kelayotgan ayollar va bolalar qo‘rqib ketgani aytilmoqda. Natijada qo‘rqib ketgan yosh bolali onalar jamoat transportidan tushishga majbur...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya