Turkum: Россия хабарлари

Irkutskda o‘zbek milliy markazi rahbari va Tojikiston diasporasi rahbarining o‘rinbosari hibsga olindi

Irkutskda noqonuniy migratsiyani tashkil etish jinoyatida gumonlanuvchi sifatida «Наше Отечество» o‘zbek milliy markazi rahbari Yusup Qulmatov va ismi keltirilmagan Tojikiston diasporasi rahbarining o‘rinbosari hibsga olingan. Bu haqda «ИрСити» nashri Rossiya Federatsiyasi Irkutsk bo‘yicha Tergov qo‘mitasiga tayanib xabar berdi. Har ikki shaxs 2024-yil may oyida yopilgan migrantlar maktabi ishi bo‘yicha...

Tojikiston Rossiya Federatsiyasidagi muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi

Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda Dushanbeda boʻlib oʻtgan ikki davlat hukumatlararo komissiyasi yigʻilishida Tojikiston Rossiya Federatsiyasida migratsiyani tartibga solish bilan bog‘liq tadbirlar chog‘ida respublika fuqarolari bilan yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirda ekanini maʼlum qildi. “Rossiyada migratsiya sohasini tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar davomida fuqarolarimizning asosiy huquq va erkinliklarining keng miqyosda buzilishi...

Uchishni orzu qilgan muhojirning parvozi fojiaga aylanishiga oz qoldi

Uzoq vaqtdan beri samolyotsozlik bilan qiziqadigan moskvalik 73 yoshli Vladimir Lisyanskiy parashyut va motordan qo‘lbola paralyot yasagan. Qariya dachada ishlab yurgan 44 yoshli mehnat muhojirini sinovchi uchuvchi sifatida paralyotda parvoz qilishga ko‘ndirgan. Biroq ularning parvozi fojia bilan tugashiga bir bahya qoldi. Domodedovo aeroporti dispetcheridan uchishga ruxsat olgan Vladimir Lisyanskiyning...

«Нелегал-2024» amaliyoti doirasida reydlar davom etmoqda

Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Нелегал-2024» operatsiyasining ikkinchi bosqichini olib bormoqda. Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan mehnat muhojirlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan ushbu reydlar mamlakatning barcha mintaqalarida o‘tkazilmoqda. Natijada qonunbuzarlar javobgarlikka tortilmoqda, ba’zi muhojirlar Rossiyadan majburiy ravishda chiqarib yuborilmoqda. Reydlar haqida tafsilotlar bilan bo‘lishamiz. OAV va ijtimoiy tarmoqlar allaqachon operatsiyaning dastlabki natijalari...

26 nafar muhojir Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzoladi

2024-yilda Lyubertsi shahrida Tojikiston, O‘zbekiston, Belarus va Moldovadan 26 nafar muhojir Rossiya Mudofaa vazirligi bilan Ukrainadagi urushda qatnashish uchun shartnoma imzolagan. Shuni ta’kidlash kerakki, o’z mamlakati tashqarisida harbiy mojarolarda qatnashish muhojirlar uchun jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston va Tojikistonda fuqarolarning xorij armiyasida yollanma askar sifatida ishtirok...

Yandex xaritalari oʻzbek tilida ovozli navigatsiyani joriy qildi

Xaritalar va navigatsiya xizmatlari yetakchilaridan biri bo‘lgan Yandex Maps o‘zbek tilida ovozli navigatsiya qilish imkoniyatini qo‘shdi. Bu yangilanish o‘zbek tilida so‘zlashuvchi aholi, ayniqsa, O‘zbekistondan ko‘plab haydovchilar va foydalanuvchilar bo‘lgan Rossiya va MDH davlatlarida muhim ahamiyatga ega. Endi ular oʻz ona tillarida yoʻnalish olishlari mumkin, bu esa kartalardan foydalanishni yanada...

Ish taqiqlaridan urushgacha: Rossiyadagi muhojirlar yangi bosim ostida

30-sentyabr kuni Rossiya hukumati migrantlarga qarshi uchta qonun loyihasini tasdiqladi. Agar ular Davlat Dumasi tomonidan qabul qilinsa va prezident tomonidan imzolansa, mamlakatda noqonuniy bo‘lish jinoyat sodir etilishini og‘irlashtiruvchi omilga aylanadi va hujjatlarni qalbakilashtirish va noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish uchun jazolar yanada qattiqlashadi. «Krokus»dagi teraktdan so‘ng chet elliklarga ko‘plab faoliyat turlari...

Musiqali teatrdagi yong‘inga muhojirlarning aloqadorligi tekshirilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, tergovchilar Xabarovsk o‘lkasi Musiqiy teatri binosidagi yong‘in qurilish ishlari vaqtida xavfsizlik qoidalari buzilgani natijasida kelib chiqqanini aniqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda kamida olti gaz balloni portlagan. Voqea yuzasidan o‘sha yerda ishlayotgan muhojirlar ushlandi — aynan ularning yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgani natijasida bino to‘liq yongan va 4...

Volodin muhojirlardan «kampirlarni yo‘ldan urmaslikni» talab qildi

Rossiyada 2021-yildan beri migratsiya maqomini olish maqsadida tuzilgan 4,3 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan. Ularning ba’zilarida kelinning yoshi kuyovdan ancha katta bo‘lgan. Davlat Dumasi chet el fuqarosining mamlakatda vaqtinchalik yashash ruxsatini olish uchun zarur bo’lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan birga yashash muddatini uch yilga oshirgan tuzatishni ma’qulladi. Parlament quyi...

Rossiya olimlariga MDH va Yaqin Sharq davlatlari darsliklaridagi Rossiya obrazi yoqmayapti

Qozog‘iston darsliklarida Rossiya kolonial imperiya sifatida tasvirlangan bo‘lib, mamlakatdan harbiy va iqtisodiy manfaatlar uchun foydalangani aytiladi. Darsliklarda Rossiya imperiyasining, ayniqsa, ko‘chirish siyosati tanqid qilinadi, bu siyosat ijtimoiy nizolar va qo‘zg‘olonlarga olib kelgan, deb xulosa qilinadi. 1921-yildagi ochlik Sovet davri tufayli bo‘lgani aytiladi va uning halokatli oqibatlari ko‘rsatiladi. Ozarbayjon darsliklarida...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya