Migrant ayol qamaldi, u tuhmatga uchraganini aytmoqda

Sankt-Peterburgning Kalinin tuman sudi Muhayyo Ermatovani davlat amaldoriga nisbatan zo‘ravonlik ishlatganlikda aybdor deb topib, uni umumiy tartibli koloniyada bir yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Ayol 300 000 rubl miqdoridagi fuqarolik da’vosini ham to‘laydi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 10-iyunda ayol deportatsiya qilinishdan qo‘rqib, hibsga olinishga qarshilik ko‘rsatgan va polisiya...








