Туркум: Россия хабарлари

Nijniy Novgorodda o‘zbekistonlik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirib qo‘ydi

Nijniy Novgorodning Kstov shahrida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘z chaqalog‘ini bo‘g‘ib, jasadini kir mashinaning orqasiga yashirgan. Ammo uy sharoitida o‘tgan tug‘ruqdan so‘ng qon ketishi boshlangani uchun ayol tez tibbiy yordamga murojaat qiladi. Shifokorlar ko‘rikda nima bo‘lganini tushunib, politsiyaga xabar bergan. Ayol politsiyaga bor haqiqatni aytib, chaqaloq jasadini kir mashina...

Migrantlar uchun rus tili imtihonlari o‘tkaziladigan joylar cheklanadi

1-maydan boshlab migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslaridan imtihonlar faqat oliygohlarda o‘tkaziladi. Imtihonlar har bir shaharning oliygohlarida o‘tkazilishi belgilandi. Xususiy test markazlari rus tilidan imtihon o‘tkazishlari taqiqlangan. Avval rus tilidan migrantlar uchun imtihonlar oliygohlarda o‘tkazilishidan tashqari ular bilan shartnomasi bor xususiy markazlarda ham bo‘lib o‘tardi. Barcha...

Rossiyaning bir qator shaharlarida 9-may paradi o‘tkazilmaydi

Rossiyaning ayrim hududlari 9-may kuni Gʻalaba paradini o‘tkazishdan bosh tortdi. Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar aynan qaysi hududlarda bekor qilindi va nima uchun? Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin bu yil viloyatda 9-may sharafiga Gʻalaba paradi va mushakbozlik o‘tkazilmasligini aytib, bu fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan to‘g‘ri qaror ekanini...

«Uvedomleniye» haqida 5 tavsiya

Rossiyada 7-yanvardan buyon patent olib ishlayotgan har bir migrant patent olgan kunidan boshlab 60 kun ichida qayerda ishlayotganini ko‘rsatib, uvedomleniye topshirib qo‘yishi kerak. Uvedomleniye topshirmagan migrantlarning patentlari bekor qilinadi.  Sankt-Peterburg, Moskva va boshqa hududlarda uvedomleniye topshirmagan migrantlarning patenti bekor qilinayotgani haqida Ichki ishlar bo‘limlari xabar berib kelmoqda. Shuning uchun...

Migratsiya mavzusidagi reportaj xalqaro fotosuratlar tanlovida g‘olib bo‘ldi

«World Press Photo» xalqaro reportaj fotosuratlar tanlovining 5 g‘olibi orasida migrantlar haqidagi reportaj ham bor. Xalqaro tanlovning “Uzoq muddatli loyiha” nominatsiyasida Alexandro Segarraning AQSHga yo‘l olgan migrantlar haqidagi reportaji g‘olib bo‘ldi. Alexandro reportajida Meksikadan Amerika chegarasiga poyezdning vagonlari ustida ketayotgan migrantni rasmga olgan. Ta’kidlash joizki, xalqaro migratsiya yaxshi o‘rganilmagan...

Sankt-Peterburgda qirg‘iz qiz do‘pposlandi. O‘qituvchi tomoshabin bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda sinfdosh yigitlar qiz bolani ko‘pchilik bo‘lib kaltaklaganini, voqea qolgan sinfdoshlar tomonidan xursandchilik bilan kuzatilganini va qizni do‘pposlash davomida “Rossiya ruslar uchun”, “Moskva moskvaliklar uchun” degan hayqiriqlar aytilganini eshitish mumkin. Qirg‘izistonlik qizni kaltaklashganidan keyin u belidagi jarohat og‘rig‘idan turolmay qolgani videoda aks etgan. Unga hamroh millatdoshi...

«Rossiya ish topish mumkin bo‘lgan yagona davlat emas»

Dmitriy Drize – migrantlar uchun yangi talablar haqida. Rus tilini jiddiy o‘rganishga bo‘lgan talab muhojirlar uchun navbatdagi qattiq sinov bo‘lmoqda. Jumladan, til sertifikatlarini olish uchun talablarning kuchaytirilishi, ularsiz ishlash uchun ruxsatnoma olish mumkin emasligi, rus tili bo‘yicha imtihon olish huquqi faqat davlat universitetlariga berilishi rejalashtirilgan. Siyosiy sharhlovchisi Dmitriy Drize...

10 yil xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Ostonada qo‘lga olindi

Qozog‘iston poytaxtining polisiyasi 10 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga oldi. Ostona polisiya departamenti matbuot xizmati uni ekstradisiya qilish masalasi hal qilinayotganini xabar qilgan. “O‘zbekiston Respublikasining 42 yoshli fuqarosi 10 yildan buyon odam savdosi bilan shug‘ullanib, qidiruvda bo‘lgan. Qidiruv Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan”,...

Rossiyada teraktdan keyin muhojirlarni ta’qib qilish hollari ko‘paymoqda

Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan bir hafta o‘tib, Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblangan migrantlarga qarshi sud ishlari soni 70 foizga oshganini ma’lum qildi. Tashkilot Rossiyadagi teraktdan keyin Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatni xavfli deb atamoqda, chunki fojiadan keyin bu mintaqa fuqarolariga...

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlikka haqoratomuz so‘zlari uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sankt-Peterburgda yashovchi O‘zbekiston fuqarosining jamoat joylarida ma’lum bir guruh odamlarga yo‘llagan haqoratomuz gaplari haqida xabarlar tarqalgan. Tergov qo‘mitasi raisi Sankt-Peterburg bo’yicha davlat ma’muriyati boshlig’i muoviniga jinoyat ishini qo’zg’atish va mavjud holatlar to’g’risida xabar berishni buyurgan. Buyruqning ijrosi Rossiya Tergov qo‘mitasi markaziy apparati tomonidan nazoratga olingan. ⚠️ Eslatma!...
Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация