Turkum: Россия хабарлари

Politsiya bilan “kelishishga” uringan migrant qamoqqa tushdi

Garchi pora berishga urinish juda ayanchli tugashi mumkinligi haqida ko’p marta yozilgan bo’lsa-da ba’zi muhojirlar tavakkal qilib, muammoni pul bilan “hal qilishga” urinishda davom etmoqda. Bunday harakatlarning natijasi bir xil: jinoiy javobgarlik va qamoq. Shunga o‘xshash voqea Primorsk o’lkasida sodir bo’ldi. 29 yoshli muhojir deportatsiya qilinmaslik umidida migratsiya xizmati...

Moskva iqtisodiyotining 25 foizi migrantlar zimmasida

Moskva Yevropaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotining muhim qismi mehnat muhojirlariga tayanadi. Oliy Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, chet ellik ishchilar har yili poytaxt yalpi hududiy mahsulotining to‘rtdan bir qismigacha ishlab chiqaradi. Demak, Moskva iqtisodidagi har to‘rtinchi rubl muhojirlar evaziga ishlab topilmoqda. Hozirgi vaqtda Moskva va viloyatida 1,8 millionga...

Ukrainaga urushga borgan o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi

Toshkent viloyati sudi 1981 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosini Rossiya qurolli kuchlari safiga yollanib, Ukrainadagi urushda ishtirok etgani uchun aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi («Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish») bo‘yicha...

Patentsiz migrantlar jarimaga tortildi, o‘zbekistonlik ayol “deport” bo‘ldi

Migratsiya politsiyasi Vladivostokning Borisenko ko‘chasida joylashgan xitoy restoranida tekshiruv o‘tkazdi. Reyd davomida uch nafar xodim — menejer, oshpaz va yana bir kishi xorijlik bo‘lib, Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma yoki ishlash ruxsatnomasiga ega emasligi aniqlangan. Shu sababdan ularning hammasi jarimaga tortilgan. Bundan tashqari, ulardan biri o‘zbekistonlik ayol mamlakatdan deportatsiya qilingan....

“Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 30 dan ortiq muhojir mamlakatdan chiqarib yuborildi

Oltoy o‘lkasi politsiyasi noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish maqsadida reyd o‘tkazdi. “Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 100 ga yaqin xorijlik tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV matbuot xizmati. Kulunda tumanida vaxtaga qatnovchi olti avtobus ko‘rikdan o‘tkazildi. Yo‘lovchilar orasida politsiya Rossiyada noqonuniy yashayotgan 33 nafar muhojirni aniqladi. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi....

Politsiyaga migrantlarni topishda kvadrokopter yordam berdi

Saratovda politsiya qurilish maydonchasida reyd o‘tkazib, ruxsatnomasiz ishlayotgan turkmanistonlik muhojirlarni qo‘lga oldi. Hodisa Solnechniy-2 mavzesidagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Polisiya kvadrokopteri besh kishining qochib, podvalda yashiringanini videoga oldi. Tez orada ularning barchasi topilib, olib chiqildi. Aniqlanishicha, qo‘lga olingan xorijliklar Rossiyaga sayyoh sifatida kelgan, lekin aslida qurilish ishlari bilan shug‘ullangan....

“O‘zbekistonga qaytishni xohlayman” – jang maydoniga tushib qolgan muhojir

Alisher (ismi o‘zgartirilgan) bir necha yil Rossiyada ishlab yurgan. U ish topish uchun ketgan edi, ammo urush maydoniga tushib qoldi. Uzdiplomat.uz portaliga murojaat qilgan o‘zbekistonlik fuqaro Donesk atrofidagi urushda ko‘plab Markaziy Osiyo respublikalaridan borgan migrantlar, jumladan, o‘zbekistonliklar qiyin ahvolda qolganini aytadi. “Men hozir Doneskdaman. Menda hech qanday hujjat, hech...

Rossiya 2030-yilgacha migratsiya qoidalarini o’zgartiradi

Prezident Vladimir Putin 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosatining yangi konsepsiyasini imzoladi. Bu hujjat Rossiya yaqin yillarda migrantlar bilan qanday ishlashini tushuntiradi. Rasmiylar asosiy maqsad migratsiyani qonuniy, xavfsiz va mamlakat uchun foydali qilish ekanligini iddao qilmoqda. Migrantlarni ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish, ular rus tilini o‘rganishi, huquq va majburiyatlarini bilishi, moslashuv bo‘yicha...

Putinning Dushanbega tashrifidan keyin nima o‘zgardi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi. Ko‘pchilik mehnat muhojirlari masalasi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lishini kutgan bo‘lsa-da, u qisman muhokama qilindi. Shunga qaramay, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan uchta muhim shartnomani imzoladilar. Bitimlardan biri Migratsiya vazirligi Rossiyaning Dushanbeda va Tojikistonning Moskvada vakolatxonalarini ochishni...

Migrantlar gepatit bo‘yicha ham tekshiriladi

2026-yilning 1-martidan boshlab Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatga kelayotgan barcha mehnat muhojirlari va xorijliklarni gepatit B va C ga tekshirishni boshlashni rejalashtirmoqda. Yangi qoidalar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, qochqinlar va vaqtinchalik boshpana so‘rab murojaat qilganlarga ham tegishli bo‘ladi, deb yozadi “Vedomosti”. O’zgartirishlar loyihasi allaqachon normativ hujjatlarning federal portalida e’lon qilingan. Tushuntirish...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya