Turkum: Россия хабарлари

Rossiyada IIV ro‘yxatidagi migrantlarga xizmat ko‘rsatganlik uchun jarima joriy etiladi

Rossiyada Ichki ishlar vazirligi tomonidan yaratilgan nazorat qilinadigan shaxslar reyestridagi migrantlarga xizmat ko‘rsatganlik uchun jarima solinadi. Bu haqda TASS tegishli qonunga asoslanib xabar bermoqda. Bunday «yordam» uchun qonunbuzarlarga 2000 rubldan 500 000 rublgacha jarima solinishi mumkin. 2025-yilning 5-fevral kunidan boshlab Rossiyada noqonuniy yashovchi migrantlarning huquqiy holatini hal qilmagan taqdirda...

Rossiyada 24 soat ichida pnevmoniyani chaqiruvchi gripp virusi ko‘paymoqda

Rossiyada grippning A (H1N1) virusi ko‘paymoqda, bu virus asoratlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda «Роспотребнадзор» ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS. «Bu fasl uchun xos bo‘lgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning faolligi oshishi kuzatilmoqda. Infeksiya qo‘zg‘atuvchilar tuzilishida gripp viruslari ulushi ortib bormoqda, ular orasida A (H1N1) 2009 virusi ustunlik qilmoqda....

Migratsiya agentligi Rossiyadagi muhojirlarga huquqiy yordam berishni va’da qilmoqda

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1126-son Farmoniga ko‘ra Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi...

Sankt-Peterburg: Yangi yil kelmay yangi reydlar boshlanib ketdi

Yangi yil arafasida Sankt-Peterburgda migrantlarga qarshi reydlar bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yili Sankt-Peterburgda ham Yangi yil arafasida migrantlarga qarshi reyd o‘tkazilgan va 3 mingga yaqin muhojir hibsga olingan edi. “Fontanka”ning yozishicha, xorijliklarning hujjatlari politsiya va OMON xodimlari tomonidan tekshirilgan, muhojirlarning bir qismi hibsga olingan. Nashr shuningdek, mahbuslar ketayotgan avtobus tasvirini...

Yil kasbi — kuryerlik! Uni cheklash kerakmi?

«Суверенная экономика» tahririyati tahliliga ko‘ra, 2024-yilda Rossiya mehnat bozorining voqeligi timsoliga aylangan kasb kuryerlik bo‘ldi. Ikki g‘ildirakli transport yoki hatto piyoda harakatlanib, ular nafaqat slesar kabi ishchi mutaxassisliklarning vakillarini, balki dasturchilarni ham ortda qoldirdi. Iqtisodiyotning o‘sish lokomotivi bo‘lgan real sektorda, shuningdek, boshqa sohalarda kadrlar yetishmovchiligi «hushtak chalinayotgan» bir paytda,...

Rossiyaga doimiy yashash uchun ko‘chib kelyotgan markaziy osiyoliklar kamaygan

«Rosstat» xalqaro migratsiya bo‘yicha 2024-yilning 9 oyi uchun statistikani e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, «PMJ» maqsadida ko‘chib kelganlarning migratsiya o‘sishi 83,5 ming kishini tashkil etgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan ozroq — o‘shanda ko‘rsatkich 88,7 mingni tashkil etgan edi. Biroq bu darajadagi migratsiya oqimi mamlakatni demografik inqirozdan qutqarish uchun yetarli...

2025-yildan Ulyanovskda muhojirlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi

Bu haqda viloyat hukumati saytida e’lon qilingan hujjatda ma’lum qilindi. Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkixning tegishli qaroriga ko‘ra, quyidagi 6 ta iqtisodiy faoliyat turlarida xorijiy fuqarolarga patent asosida ishlash taqiqlanadi: -ixtisoslashgan do‘konlarda alkogolli ichimliklar, shu jumladan pivo, chakana savdosi; -maxsus do‘konlarda tamaki mahsulotlari chakana savdosi; -shahar va shahar atrofida...

Yangi yilga yangi jarimalar bilan – 2025-yil 1-yanvardan haydovchilarni nima kutyapti?

Vladimir Putin ayrim yo‘l harakati qoidalarini buzish uchun jarimalarni oshirish to‘g‘risidagi federal qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan quyidagi yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi: – Mast holda transport boshqarish yoki tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabini bajarmaslik — 45 ming rublgacha; – Tezlikni oshirish — 7,5 ming rublgacha; – Qarama-qarshi...

Yangi yildan muhojirlar uchun SIM-karta sotib olishning yangi qoidalari joriy etiladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun SIM-karta sotib olish tartibi yanada qatʼiylashtiriladi. Ushbu choralar firibgarlik va «nomsiz» SIM-kartalarga qarshi kurashishga qaratilgan. Nimalar o‘zgaradi? ⚫️ Muhojirlar aloqa shartnomasini faqat aloqa saloniga shaxsan borib tuzish mumkin bo‘ladi. ⚫️ Bir muhojir o‘z nomiga jami 10 dan ortiq raqamni, shu jumladan korporativ...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya