Turkum: Ўзбекистон хабарлари

Sankt-Peterburgga Oʻzbekiston va Tojikistondan tobora kamroq muhojir kelmoqda

Sankt-Peterburgga chet ellik ishchilar oqimi sezilarli darajada kamaydi. Qurilishda ishlash, haydovchilik qilish yoki buyurtmalarni yetkazib berish uchun shaharga kelayotganlar soni ancha ozaygan. Bu haqda Peterburg va Leningrad viloyati boʻyicha Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, «Vedomosti» xabar bermoqda. 2026 yilning dastlabki olti oyida shaharda ishlash maqsadida 172 ming 862...

Markaziy Osiyolik muhojirlar qanday qilib Rossiya urushi qopqoniga tushmoqda?

Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushi minglab Markaziy Osiyolik mehnat migrantlari hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda. Kreml harbiy kuchlarini to‘ldirish uchun migrantlardan foydalanishga tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda. Va’da qilingan Rossiya fuqaroligi, katta pul mablag‘lari yoki soxta tahdidlar va aldovlar oqibatida mintaqamiz fuqarolari o‘zgalar urushining qurboniga aylanishmoqda. Shaman TV mediya loyihasi...

Rossiyadagi asosiy quruvchilarning ko‘p qismi o‘zbeklar va tojiklar

Rossiya qurilish maydonlaridagi xorijiy ishchilar soni so‘nggi bir yil ichida taxminan 20 000 kishiga yoki so‘nggi o‘n yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 5% ga oshdi. Biroq, qurilish sanoatida xorijiy ishchilarning ulushi umuman sezilarli darajada o‘zgarmadi, dedi Quruvchilar Milliy Assosiatsiyasi prezidenti Anton Glushkov RIA Novosti agentligiga. Glushkov 20 000 ishchi qurilish...

Qozogʻistonda bezgak yuqtirganlar orasida oʻzbekistonliklar ham bor

Qozogʻiston janubidagi Turkiston viloyatida sakkiz kishi xavfli «Kongo Qrim gemorragik bezgagi» tashxisi bilan shifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda Turkiston viloyati sanitariya va epidemiologiya nazorati departamenti rahbari Nurbek Nishanovga tayanib, «Otirar» hududiy nashri xabar berdi. Ushbu holatlarning barchasi yil boshidan buyon qayd etilgan. Kasallanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor. Odamlarga kasallik...

Til bilmaslik tufayli qashqadaryolik yigit jang maydoniga tushdi

U Rossiyaga jang qilish uchun emas, pul topish uchun ketgan edi. Ammo til bilmaslik, hujjatsiz ishlash va oson daromad ilinji shahrisabzlik yigitning taqdirini butunlay boshqa tomonga burib yubordi. Kuryerlikdan boshlangan sarguzasht qamoq, harbiy shartnoma, Ukrainadagi jang maydoni, dron zarbasi, gospitaldan qochish va nihoyat, tun qorong‘usida kanal orqali Vatan chegarasini...

Migrant sudda yutib chiqdi

Salexardda 33 yoshli muhojir Muzaffar Mirzaboyev ish vaqtida olgan jiddiy jarohati uchun 750 000 rubl miqdorida kompensatsiya oldi. Qurilayotgan bolalar bog‘chasining tomini tozalash paytida u sakkiz metr chuqurlikdagi shaxtaga tushib, mayib bo‘lgan edi. Mirzaboyev «Noviy Proyekt» kompaniyasida yo‘l ishchisi bo‘lib ishlagan. 2026-yil mart oyida unga Obdorskiy mikrorayonida qurilayotgan bolalar...

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShda ishlashi mumkin

5-avgust kuni O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi AQShning inson kapitali va kadrlar ta’minoti sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri “Korn Ferry” rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda kompaniyaning Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlari yo‘nalishi katta hamkori Suellen Tomlinson, Global sog‘liqni saqlash xizmatlari yo‘nalishi katta hamkori Mitul Modi...

Azobli qamoqxonadan ajal poligoniga/buxorolik yollanma jangchining qismati

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush minglab insonlar hayotini zavol qilmoqda. Buxorolik Feruz Abdullayev tirikchilik ilinjida Rossiyaga borib, tasodifiy nizo sabab qamalgan va panjara ortida ayovsiz qiynoqlarga solinib, urushga majburlangan. Ayni paytda Ukrainada asirlikda bo‘lgan Feruz sinov va qiyinchiliklarga to‘la qismati haqida Shaman TV media loyihasiga so‘zlab berdi. Musofirlikdagi xato...

Wildberries omborlariga hujum: bedarak yoʻqolganlar orasida oʻzbekistonliklar ham bor

Podmoskovyening Elektrostal shahridagi Wildberries kompaniyasi omboriga uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi paytida Tojikistonning 25 yoshli fuqarosi Navroʻzjon Sodiqov halok boʻldi. Navroʻzjon Rossiyaga 2025-yil kuzida kelgan va deyarli butun vaqt davomida Elektrostalda mehnat qilgan. U Xatlon viloyatining Jayxun tumanidan boʻlib, vafotidan sal oldin uylangan edi. Omborda u akasi Sadriddin bilan birga...

Gruziya yuzlab chet elliklarni deportatsiya qildi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Gruziya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgan yana 102 nafar chet el fuqarosining deportatsiya qilinishini e’lon qildi. Deportatsiya qilinganlar orasida Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Misr, Jazoir va boshqa bir qator mamlakatlar fuqarolari bor. Ularning barchasiga mamlakatga qayta kirish taqiqlangan, ammo vazirlik taqiqning amal qilish muddatini...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya