Turkum: Ўзбекистон хабарлари

Ikki marta qoida buzgan migrant deportatsiya qilinishi mumkin

Huquqshunos Aleksandr Xaminskiy “Gazeta.Ru”ga bergan intervyusida migrant bir yil ichida ikkita ma’muriy qoidabuzarlik uchun ham Rossiyadan deportatsiya qilinishi va besh yilgacha mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkinligini aytadi. Bu Rossiyada bo‘lish qoidalariga ham, yo‘l harakati qoidalarini buzishga ham tegishli. Huquqshunosning aytishicha, 2024-yilda jinoiy javobgarlikka tortilganlarni majburiy deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi...

Peterburg va Leningradda patent narxi sentabrdan oshiriladi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida mehnat migrantlari uchun yagona patent narxi 8 ming rubl etib belgilanadi. Bu amaldagi 6 ming rubllik to‘lovdan 33 foiz yuqori. Bu haqda Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko o‘z Telegram-kanalida xabar berdi. Yangi tartibga ko‘ra, migrantlar birgina patent asosida ikki hudud — Sankt-Peterburg...

Maktablarga qabul qilingan migrant bolalarning yarmigina darslarga qo‘yiladi

Peterburgda imtihon topshirgan 514 xorijlik boladan bor-yo‘g‘i 257 nafari darslarga kirish huquqini oldi. Bu haqda RF Davlat Dumasi deputati Mixail Romanov xabar berdi. 2025-yil 1-apreldan deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi federal qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endi migrant bolalarning Rossiya maktablariga qabul qilinishi uchun ular rus tilini bilishini va...

Migrantlarning O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari oshdi

2025-yilda O‘zbekistonga mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari o‘sishda davom etdi. 2025-yilning ikkinchi choragida (aprel-iyun) mamlakatga qariyb 4,8 milliard dollar tushdi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 21,4 foizga ko‘pdir. Agar 2025-yilning birinchi yarmini hisobga oladigan bo‘lsak, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tkazmalar hajmi qariyb 8,2 milliard dollarga yetgan, bu o‘tgan yilga...

Rus millatchisining haqoratiga Tashqi ishlar vazirligi nima deydi?

Avvalroq Moskva yaqinida joylashgan Ximki shahrida mahalliy fuqaro asli o‘zbekistonlik muhojir yigit bilan janjallashgani va uni «Sen qulsan, ruslarning qulisan! Og‘zingni ochma! O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan. Sen o‘z uyingda emassan, ishlashga kelgansan, ishingni qil!», deya haqorat qilganini xabar qilgan edik. Keyinroq o‘zbekistonlik yigit voqeaga izoh...

Agar migrant kasalxonada yoki mehmonxonada bo’lsa, joylashuvi haqida xabar beradimi?

1-sentabr kuni Moskvada migrantlar uchun yangi dastur ishga tushiriladi. Migrantlar oʻzlarining joylashuv maʼlumotlarini ilova orqali uzatishi majburiy bo‘ladi. Ammo migrant kasalxonaga yotqizilgan bo’lsa nima bo’ladi? Moskva viloyatidagi eksperiment doirasida kasalxonaga yotqizilgan yoki mehmonxonada yashayotgan migrantlar ilova orqali joylashuvi haqida xabar bermaydi, deb xabar bergan migratsiya xizmati. «Mehmonxonalar, sanatoriylar va...

Pora olgan migratsiya agentligi xodimlari qo‘lga tushdi

Koreya davlatiga ishga yuborish bilan shug‘ullangan Migratsiya agentligi xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Davlat xavfsizlik xizmati tezkor tadbir o‘tkazib, Migratsiya agentligi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi xizmat vakolatidan foydalanib, bir guruh fuqarolarni aldagan. U Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan ulardan 41 ming...

Rossiya armiyasida xizmat qilgan migrant sudlandi

2025-yil 13-avgust kuni Shahrisabz tumani sudi sayyor majlis o‘tkazib, Rossiya-Ukraina urushida yollanma askar sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukm chiqardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkum (ismi oshkor etilmagan) tumanda yashovchi, oilali, bir necha farzandning otasi hisoblanadi. U avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan, asosan mavsumiy ishlar uchun Rossiyaga qatnab kelgan. Ish materiallariga...

Migrantlar uchun rus tilidan imtihon faqat kompyuterda o‘tkaziladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihonlar faqat kompyuter ko‘rinishida o‘tkaziladi. Bu haqda Rosobrnadzorning Telegram-kanalida xabar berildi. Departamentning xabar berishicha, federal test markazi «ЭкзаМ» dasturiy paketini ishlab chiqqan. Uning yordami bilan migrantlar uchun imtihon o‘tkazish jarayonini...

Yotoqxonadagi janjal mushtlashuvga aylandi: ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Sankt-Peterburg politsiyasi Vasilevskiy orolidagi yotoqxonada muhojirlar o‘rtasidagi katta mushtlashuvdan so‘ng ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Voqea 21-avgust kuni kechqurun Bolshoy prospektida sodir bo‘lgan. Zinapoya yo‘lagida bo‘lgan mushtlashuvda 35 ga yaqin kishi qatnashgan, ularning aksariyati migrant. Politsiyaga ko‘ra, hammasi qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan boshlangan. Boshlangan janjalga boshqa qo‘shnilar ham qo’shilgan....
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya