Turkum: Ўзбекистон хабарлари

O‘zbekistonliklar Oltoyda muhojirlar soni bo‘yicha eng ko‘p

So‘nggi ikki yilda Qirg‘izistondan Oltoy o‘lkasiga mehnat muhojirlari soni ortgan. Ammo Oltoy oʻlkasi mehnat va bandlik boshqarmasining bergan statistik maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan muhojirlar soni deyarli oʻzgarmagan. 2023-yilda O‘zbekistondan Oltoy o‘lkasiga 5,9 ming kishi kelgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 5,8 ming nafarni tashkil etdi. 2023-yilda Tojikistondan 2,1...

O‘jar muhojir shaurma tufayli “deport” bo‘ldi

Ximki shahrining Bibliotechnaya ko‘chasidagi kafeda savdo qilayotgan migrantning qaysarligi boshiga balo bo‘ldi. O‘sha kafega shaurma yeyish uchun kelgan bir necha yigitlardan biri “qachondir, kimdir shu kafeda shaurmadan zaharlangani” haqida gapirgani hikoyamiz qahramoniga yoqmadi. Xo‘randaning gapi juda qattiq ta’sir qildi shekilli, ularga xizmat qilishdan bosh tortib boshqa joyga ketishlarini aytdi....

Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar firibgarlar va noqonuniy ishlardan ogohlantirildi

O‘zbekiston Migratsiya agentligi hozirda Yaponiyada bo‘lgan fuqarolarga xorijliklarni noqonuniy faoliyatga jalb qilish, firibgarlik holatlari ko‘paygani sababli murojaat qildi. Ehtiyot bo’ling va shubhali takliflarga rozi bo’lmang. Bu, ayniqsa, rasmiy ro’yxatdan o’tmagan ish uchun, ish haqi «konvertda», ya’ni soliqlarsiz to’lanadigan ishlarga taalluqli. Yaponiyada bu qonun buzilishi hisoblanadi va buning uchun siz...

Deputat migrantlarning farzandlari uchun bepul ta’limni bekor qilishni taklif qildi – lekin bu qonunga zid

Davlat Dumasida deputatlardan biri Yaroslav Nilov (LDPR partiyasidan) muhojirlarning farzandlari uchun maktablarda bepul ta’limni bekor qilishni taklif qildi. Uning fikricha, ota-onalar, ish beruvchilar yoki xorijiy davlatlarning elchixonalari ularning o‘qishi uchun pul to‘lashi kerak ekan. «Nima uchun biz ularning o‘qishi uchun pul to‘lashimiz kerak? Bu pullarni o‘qituvchilarga beriladigan bonuslarga yo‘naltirish...

Nima uchun Rossiya migrant bolalar ustidan nazoratni kuchaytirib, fuqarolikni olish jarayonini soddalashtirishga intilmoqda?

7-iyun kuni Rossiya Davlat dumasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi, unga ko‘ra, maktablar migrant bolalarning ta’lim muassasalariga qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligiga topshirishi shart. Qonun loyihasida ta’lim muassasalari va IIV o‘rtasida idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikning yagona tizimi orqali axborot almashish ko‘zda tutilgan. IIV, o‘z navbatida, migrant bolalar...

Rossiya O‘zbekistonning muhojirlarga munosabati bo‘yicha murojaatiga javob berdi

Rossiya tomoni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining muhojirlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishidan xavotirlar munosabati bilan yuborilgan notasidagi ma’lumotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqmoqda, degan Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. «Bizda huquq-tartibot va boshqa xizmatlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallari mavjud. Ittifoqchilar o‘rtasida bo‘lganidek, suhbat ochiq bo‘lib, har qanday signal sinchkovlik bilan ko‘rib...

Germaniyada og‘ir ahvolga tushgan talabalar…ning o‘zlari aybdor – huquqshunos

9-iyun kuni Germaniyada og‘ir ahvolga tushib qolgan 14 nafar O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatilgani haqida xabar berilgan edi. Hamyurtimiz, immigratsiya bo‘yicha huquqshunos Alisher Sodiqov Germaniyada Savdo-sanoat palatasida ishlaydi. U shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi ekspertlar kengashi raisi hisoblanadi. U talabalar bilan bo‘lgan va shunga o‘xshash hodisalar haqida o‘z fikrlari va...

Migrantlarga nisbatan kuch ishlatilishi yuzasidan Migratsiya agentligi rasmiy bayonot berdi

2025-yil 8-iyun kuni Moskva shahrining Sokolniki tumanida migrantlarning huquqiy maqomini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan kuch ishlatilgani aks etgan videolar va xabarlar ommaviy axborot vositalarida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralaridan rasmiy ma’lumot...

Germaniyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga amaliy yordam ko‘rsatildi

Germaniyadagi tashkiliy muammolar tufayli safarning dastlabki kunidan rejalashtirilgan manzilga va ish joyiga yetib borolmagan, shuningdek, turarjoysiz qolgan 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga Frankfurt-Mayn shahridagi faol hamyurtlar va diplomatik korpus vakillari tomonidan yordam ko‘rsatildi. Ular O‘zbekistonning Bosh konsulxonasiga olib kelindi. Talabalarga issiq taom taklif etildi va ular bilan yuzaga kelgan vaziyat...

Migrantlar patent olish uchun asfaltda tunab qolishdi

3-4 iyun kunlari Sankt-Peterburgning Krasniy Tekstilshik ko‘chasidagi migratsiya markazi yonidagi torko‘chada 200 ga yaqin kishi tunab qolgan. Muhojirlardan birining “Bumaga” nashriga aytishicha, odamlar ishlashga ruxsat olish uchun navbatda turishgan. Ko‘pchilik buni bir kun polisiyaning ommaviy reydlari tufayli qilishga ulgurmay qolgan va hujjatlarni rasmiylashtirishning iloji bo‘lmagan. Markaz yaqinida to‘siqlar va...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya