Turkum: Ўзбекистон хабарлари

Rossiyada 30-iyundan boshlab migrantning raqamli profili joriy etiladi

30-iyundan boshlab Rossiyada migrantlar uchun maxsus raqamli profil joriy etiladi. Bu elektron identifikator bo‘lib, qog‘oz hujjatlar, jumladan, ish patentining o‘rnini bosadi. Biroq uni joriy etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi. Davlat Dumasida 2024-yilda hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha...

Muhojirga bezori o‘smirlar hujum qildi: bunday hollarda nima qilish to‘g‘riroq?

Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida xavotirli voqea ro’y berdi. Ikki bezori o‘smir farrosh muhojirning ko‘ziga gaz sepgan. Voqeani o‘sha hovlida yashaydigan fuqarolardan biri videoga olgan. Hodisa «Чистое небо» turar-joy kompleksida yuz bergani aytilmoqda. “Fontanka” nashrining yozishicha, maktab o’quvchilari 32 yoshli kommunal xizmat xodimi bo‘lgan muhojirga yaqinlashgan. Noma’lum mavzudagi suhbatdan keyin o‘smirlar...

2024-yilda muhojirlar o’limi rekord darajaga yetdi – BMT agentligi

BMT migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili 9 mingga yaqin odam chegarani kesib o’tishga urinib halok bo’lgan. O’lganlar soni ketma-ket beshinchi yil davomida yangi dahshatli rekord o’rnatdi. 2020-yildan buyon migratsiya yo‘nalishlarida halok bo‘lganlar soni ikki baravar ko‘paydi. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) 2024-yilda 8938 nafar muhojir o‘limini qayd etgan. XMT...

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShda ishlashi mumkin bo‘ladi

Bu haqda Migratsiya agentligi o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday imkoniyat, Agentlik vakillarining “New Future Success Academy” xalqaro hamshiralik tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jaev bilan o‘tgan uchrashuvdan so‘ng yuzaga kelgan. Uchrashuvda AQSh standartlari bo‘yicha hamshiralarni tayyorlovchi MDH va qo‘shni davlatlar uchun yagona markaz bo‘ladigan...

Migrantlar shikoyatidan keyin “ПВС”da o‘zgarish bo‘ldi

Migrantlar Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi pasport-viza xizmati va unda faoliyat yuritayotgan «Медицинасервис» MChJ klinikasi ustidan Federal anti-monopol xizmatiga shikoyat qilishdi. Bu haqda «Коммерсант-Приволжье» nashri xabar berdi. Klinika migratsiya markazining binosida joylashgan va «bir oyna» tamoyili asosida tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Unda migratsiya markaziga murojaat qilganlar gepatit, sil, OIV va...

Noqonuniy muhojirlar, deportatsiyalar va qonuniy yo‘llar – AQSH elchisi bilan suhbat

AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik Migrant.uz saytiga eksklyuziv intervyu berdi. -Bilamizki, odatda yuqori minbarlardan turib migrantlar haqida salbiy fikrlar aytilishi, polisiya reydlari, ommaviy deportatsiyalar haqidagi xabarlar Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda kuzatilardi. Bu jarayon yangi ma’muriyat davrida AQSHda ham boshlandi. Migratsiya muammosi AQSH uchun shunchalar...

Hujjat olish uchun vaqt oz qolmoqda

Rossiya hududida huquqiy holatni tartibga solish imkoniyati tugashiga bir yarim oy qoldi. Shu munosabat bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi «Pasport-viza xizmati» va Migratsiya markazlari yangi rejimga o‘tlazilganligi ma’lum qilindi. Rossiya IIV xabar berishicha, bunga murojaat qiluvchilar, shu jumladan Rossiyada huquqiy maqomini tartibga solishni xohlovchi muhojirlar sonining ko‘payishi sabab...

Migrantlar uchun pul to’plashning samarali usullari

Jamg’arma – bu kutilmagan vaziyatlarda sizning himoyangiz va muhim hayotiy maqsadlarga erishish imkoniyatidir. Migrantlar uchun moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi ayniqsa muhim, chunki: Ish mavsumiy yoki beqaror bo’lishi mumkin; Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kutilmagan xarajatlar bo’lishi mumkin; Vatanda oilaga yordam berish uchun mablag’ kerak; Uyga qaytish va o’z ishingizni boshlash uchun kapital...

Yekaterinburgda Migratsiya bo‘limi eshigi sindirildi

Yekaterinburgda 11-mart kuni, Sulimova ko‘chasidagi IIV migratsiya markaziga kirish joyida migrantlar orasida tiqilinch yuzaga keldi. Natijada, eshik migrantlar bosimini ko‘tara olmay singan. Bu haqida “Lenta.ru” nashri xabar bermoqda. Tarmoqda sodir bo‘lgan voqea videosi paydo bo‘ldi. Tarqatilgan kadrlarda Yekaterinburgdagi Sulimova ko‘chasidagi migratsiya markazi binosi oldida o‘nlab chet ellik fuqarolardan iborat...

Permda muhojirlarning bir nechta sohalarda ishlashi taqiqlandi

Perm viloyati gubernatori Dmitriy Maxonin hududda migrantlarning ayrim sohalarda ishlashini taqiqlovchi qarorni imzoladi. Mazkur qarorga muvofiq, migrantlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlash, shuningdek chakana savdo sohasida faoliyat yuritish man qilindi. Taqiq noixtisoslashgan do‘konlar hamda ixtisoslashgan savdo nuqtalarida ichimliklar va tamaki mahsulotlari savdosiga ham tegishli. Shuningdek, xorijiy fuqarolar neft, gaz qazib...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya