Turkum: Ўзбекистон хабарлари

Aviachiptalar narxi ikki barobarga oshishi kutilmoqda

Rossiyada aviachiptalar narxi yana oshishi kutilmoqda. Bunga sabab — aerodromlarni kapital ta’mirlash xarajatlari o‘sayotgani. Aerodromlarni moliyalashtirish esa yo‘lovchilarning hissasiga tushmoqda. Rossiya Transport vazirligining loyihasiga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari uchun aeronavigatsiya yig‘imi ichki reyslarda 37 foizga, xalqaro reyslarda esa 100 foizga, ya’ni ikki barobarga oshadi. Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi (АЭВТ) Rossiya...

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Rossiya tomonida jang qilayotgan o‘zbeklar haqida gapirdi

11-sentyabr kuni Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda Migrant.uz muxbirining Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilgan o‘zbekistonliklar haqidagi savoliga ham javob berdi: -Bu juda muhim va jiddiy savol. Tayyorgarlik jarayonida o‘zbek OAVdagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqdim. Men bir nashrda, u sizniki bo‘lishi mumkin (Migrant.uz...

“Vagner”da xizmat qilgan o‘zbekistonlik sudlandi

Gazeta.uz saytining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasida xizmat qilgan 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yollanma askarlik qilgani uchun 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi. Maʼlumotlarga koʻra, erkak 2022-yil sentabr oyida Rossiyaga ishlash uchun borib, oilasiga kvartira sotib olish uchun pul ishlab olishni...

15 yil avval yopilgan “Qorasuv” chegara bojxona posti qayta ochildi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 12 sentyabrdan qayta ochildi. Bojxona qo‘mitasining xabariga ko‘ra, “Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin. Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi. Postning ochilishi qo‘shni davlat...

Rossiya O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni taklif qildi

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi va u yerda 9-sentabr kuni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Oxirgi yetti yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar oshib, 2023-yilda 10 milliard dollarga yetdi. Joriy yilda tovar ayirboshlash hajmi yana...

«Kaspersky» MDHda kiberxavfsizlik qaysi darajada ekanini tahlil qildi

«Kaspersky» tahliliga ko’ra MDHda kiberhujumlarga eng ta’sirchan bo‘lgan sohalar moliya va qurilish kompaniyalari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari bo‘lib chiqdi. Bu sohalarga umumiy hujumlarning 66% to‘g‘ri keladi. Ammo ma’lumotlar internetga sizdirilishi nuqtayi nazaridan esa eng ko‘p aziyat chekadigan sektor – chakana savdo ekani aniqlandi. MDH hududida xakerlar faoliyati bir xil...

Moskvada Ukrainaga josuslikda O‘zbekiston fuqarosi ayblanmoqda

“Mash” telegram kanali yozishicha, O‘zbekiston fuqarosi 10-sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan ommaviy hujumlarga oid ma’lumotlarni Ukrain qurolli kuchlariga yetkazganlikda ayblanmoqda. U bir necha kun avval Lyubersidagi harbiy komissariat va boshqa davlat obyektlarini rasmga olgani aniqlangan, deyiladi xabarda. Hozirgi vaqtda bu ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etish imkoni mavjud emas. O‘zbekistonning...

Toshkent-Moskva poyezdi haftasiga ikki marta qatnay boshlaydi

2025-yilning boshidan Toshkent–Moskva poyezdi haftasiga ikki marta qatnay boshlaydi, deb xabar bermoqda Rossiya Transport vazirligi. Poyezd harakati 2024-yil 24-sentyabridan yo‘lga qo‘yiladi va yil oxiriga qadar haftasiga bir marta qatnaydi. 2025-yildan esa haftasiga ikki marta qatnashni boshlaydi. «Marshrut bo‘ylab turli aholi punktlarida to‘xtashlar rejalashtirilgan, bu esa yo‘lovchilarga boshqa yo‘nalishlarga ham...

Rossiya Hukumati raisi Mixail Mishustin Toshkentga keldi

O‘zbekiston Hukumati Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining telegram-kanalida tashrif ikki kunlik ekanini va uning maqsadi rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazilishligini qayd etgan. «Joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladi. Tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya...

Litvada Markaziy osiyolik ishchilar soni ko‘paymoqda

Litvada bir yil davomida uchinchi mamlakatlardan kelgan ishchilar soni 20 mingga ortdi. Ularning ko‘pchiligini belaruslar va ukrainaliklar tashkil etayotgan bo‘lsa-da, ish beruvchilar ko‘proq Markaziy Osiyodan kelgan ishchilarga e’tibor qaratishmoqda. Ish beruvchilarning aytishicha, ularning boshqa tanlovi yo‘q. Litvaning o‘zidan ishchilarni topish deyarli imkonsiz. 2024-yilning birinchi yarmida Litvada Markaziy Osiyodan kelganlar...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya