Turkum: Жаҳон хабарлари

Migrantlar jinoyati: mish-mish va faktlar

Tahlilchilar Rossiyada 2013–2023 yillardagi jinoyatlar statistikasini oʻrganib chiqib, muhojirlar barcha jinoyatlarning taxminan 4–4,5 foizini sodir etgan degan xulosaga kelishdi. Pandemiya davrida bu ko’rsatkich biroz pastroq – taxminan 3-3,5% bo‘lgan. Agar sudlanganlar soniga qarasak, har 100 ming rossiyalikdan 424, har 100 ming muhojirdan esa 282 kishi qonunni buzgan. Agar muhojirlar...

Deputat Juravlev: migrantlarning oltidan bir qismigina patentga ega

Rossiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hozirda mamlakatda rasman roʻyxatdan oʻtgan 6 millionga yaqin muhojir istiqomat qiladi. Ya’ni ularning hujjatlari bor, politsiya ham ularning qaerdaligini biladi. Ammo Rossiyada 5-6 millionga yaqin odam noqonuniy, hujjatsiz va ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab, ishlab turibdi. Shu bilan birga, faqat 2 million kishi mehnat patentini...

Bryanskdagi fojia: portlashmi yoki baxtsiz hodisa?

Bryansk viloyatida fojia yuz berdi: yo‘lovchi poyezdi ustiga ko‘prikning bir qismi qulab tushgan. Falokat 31-may kuni kechqurun, taxminan 22:44 da, Pilshino va Vigonichi stansiyalari orasida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda u yerdan Klimovo-Moskva poyezdi ketayotgan edi. Ko‘prik qulaganida bir nechta vagon relsdan chiqib ketgan. Odamlar vahima ichida vagonlardan tushishga harakat...

Rossiyada ishlab pensiya olish mumkinmi?

  Mehnat muhojirlarini o‘ylantiradigan narsalar, muammolar yetarli. Ammo ular orasidagi eng muhimlaridan biri bu – pensiya. Pensiya — bu inson mehnat faoliyati tugagandan so‘ng, ya’ni nafaqaga chiqqandan keyin davlat yoki boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan moddiy ta’minot hisoblanadi. U mehnat faoliyati davomida to‘langan soliqlar va pensiya jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar...

Yana bir O‘zbekiston fuqarosi yollanma askarlik uchun sudlandi

O‘zbekistonlik 50 yoshli A. Muxtorov Rossiyaga borib, u yerda “Vagner” xususiy qurolli kompaniyasi safiga qo‘shilgan va Ukraina hududidagi janglarda qatnashgan. Uyga qaytganida esa giyohvand moddalar bilan ushlangan. Yangiyo‘l shahar sudi uni bir vaqtning o‘zida ikkita modda – xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashish va giyohvand moddalarni saqlash bo‘yicha aybdor deb topdi....

Migrantlarning bekor qilingan patentlari soni uch baravarga oshgan

«2025-yil boshidan buyon 21,5 mingta patent chet el fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etmaganligi sababli bekor qilindi. Umuman olganda, o‘tgan yilga nisbatan bekor qilingan patentlar soni qariyb uch baravar ko‘paydi», deb yozgan Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk. IIV vakili xorijliklar patent berilgan kundan...

Sankt-Peterburgda litsenziyasiz spirtli ichimliklar sotgan o‘zbekistonlik sudlandi

Sankt-Peterburg sudi Vasilevskiy oroli hududida kafeda ruxsatsiz spirtli ichimliklar sotgan o‘zbekistonlik migrantning ishini ko‘rib chiqdi. Migrantning kafe ochib ishlatmoqchi bo‘lgan. Biroq Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagani uchun yakka tartibdagi tadbirkor (IP) sifatida ro‘yxatdan o‘ta olmagan. Keyin u boshqa shaxsni topib, kafeni uning nomiga rasmiylashtirgan. Vasilevskiy orolidagi “Uchquduq” nomli kafeni migrantning...

Rossiya fuqaroligini olgan muhojirlar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majburlanmoqda

Rossiya fuqaroligini olgan muhojirlar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majburlanganidan shikoyat qilmoqda. Erkaklar bozorlar, qurilish maydonchalari, omborlar va oziq-ovqat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchalarida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida qo‘lga olinadi, so‘ngra “voyenkomat”larda bosim o‘tkaziladi, deb yozadi “Sibir.Realii”. Huquqshunoslarning fikricha, bahorgi chaqiruv kampaniyasi boshlanishi bilan reydlar ommaviy va qonunbuzarliklar soni bo‘yicha misli ko‘rilmagan...

Ayrim migrantlar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Qonunchilik faoliyati boʻyicha hukumat komissiyasi Rossiya Federatsiyasiga kvota boʻyicha kelgan mehnat muhojirlarini rus tili imtihonidan ozod qiluvchi tuzatishlarni maʼqulladi, deb xabar bergan TASS. “Xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonunning 15 va 18-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish loyihasi Taʼlim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Hujjat hukumat tomonidan belgilangan kvota doirasida ishlash uchun...

Rossiya tomonida urushda qatnashgan 20 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi

Qarshi shahrida yollanma askarlikda ayblanayotgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning fevral oyida yigit pul ishlash maqsadida Sankt-Peterburgga ketgan. U o‘sha yerda ishlagan, ammo ikki oy maoshini ololmay qarzga botib qolgan. Tanishlari orqali uni Mitishchi shahridagi harbiy qismga — haydovchi va oshpazlikka...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya