Turkum: Хабарлар

Ufadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan falokat uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Ufada ko‘taruvchi moslama yettinchi qavatdan qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Ufa shahridagi Mendeleyev ko‘chasida qurilayotgan ob’ektda ko‘taruvchi moslama yettinchi qavat balandligidan qulab tushgani xabar qilindi. Yaralangan quruvchilarning ikki nafari voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. To‘rtinchi jarohatlangan quruvchining ham ahvoli o‘ta og‘ir. “Hodisa sabablari aniqlanib, tezkor-tergov tadbirlari...

Moskvani suv bossa, taksichiga ne g‘am…

Bu haqida ТАСС o‘z muxbirlariga tayanib xabar bermoqda. “Yomon havo tufayli buyurtmalar mashinalar sonidan bir necha barobar ko‘p” deb yozmoqda “Яндекс Такси” ilovasi. “Ситимобил” ilovasida esa mijozlarga taklif odatdagidan ancha balandligi xabar berilmoqda. Haydovchilarni ishga jalb qilish va mijozga mashina tez yetkazilishi uchun buyurtmalarga narxlar oshirilgan. “Meтео” markazining ma’lumotlariga...

Istanbulga O‘zbekistonning ikki shahridan toʻgʻridan-toʻgʻri uchish mumkin 

Qanot Sharq aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikki shahridan Istanbulga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Namangan va Istanbul o‘rtasidagi reyslar 11 iyundan boshlangan. Parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari, 13 iyundan Qarshi – Istanbul – Qarshi yo’nalishi bo’yicha parvozlar ham haftada bir marta payshanba kunlari Airbus 321 samolyotlarida amalga oshiriladi. Endilikda O‘zbekistonning sakkiz...

Tojikistonlik muhojir pasporti muqovasidagi yozuv uchun hibsga olindi

6-iyun kuni metropoliten xodimlari Kiyev vokzalida hujjatlarni tekshirayotganda tojikistonlik fuqaro 34 yoshli Idris V.ning pasportini odatdagidek sinchiklab tekshira boshlagan. Ularning e’tiborini muhojirning pasporti muqovasi tortdi. “Sinchkov” politsiyachilar musulmonlarning shahodat kalimasini Rossiyada taqiqlangan “Al-Qoida” tashkilotining logotipi deb tushunishgan. Idris ekstremistik belgilarni omma oldida namoyish qilganlikda ayblangan, chunki u pasportini ko‘rsatayotganda OMON...

«Buzoqning yugurgani somonxonagacha» – Hamkasbini pichoqlagan muhojir aeroportda qo‘lga tushdi

Moskvada ommaviy mushtlashuv  vaqtida quruvchi qornining past qismiga pichoq bilan zarba berilgan. Pichoqlagan muhojir Rossiyadan qochishga urindi. “Shot” telegram kanalining xabar berishicha, Moskvaning » Царицыно-2″ turar joy kompleksida quruvchilar buyurtmani bo‘lisha olmay qolgan. Natijada janjal va mushtlashuv ro‘y bergan. Shu vaqt 32 yoshli quruvchi hamkasbining qorniga pichoq uradi va...

Voronejda pora bermoqchi bo‘lgan muhojir ikki yilga qamaldi

Turkmaniston fuqarosi 15 ming rubl evaziga «выдворение»dan qutilmoqchi bo‘lib, “ФСБ” hodimiga pora taklif qilgan. Natijada pora taklif qilgani uchun erkak ikki yilga qamaldi. Bu haqida hududiy Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Mart boshida erkakni boshqa migratsiya qonunchiligini buzgan muhojirlar bilan birga politsiya bo‘limiga yetkazishgan. Erkak uni Rossiyadan chiqarib...

AQSh chegarachilariga noqonuniy o‘tgan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilishga buyruq berildi

Kaliforniyadagi chegara xodimlariga Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish buyurildi. Bu haqda The New York Post (NYP) xabar bermoqda. Chegara xizmatiga yuqorida qayd etilgan davlatlardan faqat voyaga yetgan, hujjatsiz muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish haqida ko‘rsatma berilgan. Boshqa muhojirlar sudga kelish majburiyati...

Qozog‘istonda hibsga olingan o‘zbekistonliklar o‘z ish joylariga qaytdi

O‘zbekiston Bosh konsulligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-iyun kuni Olmaota shahrida 27 nafar o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘iston hududida noqonuniy mehnat va mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu Qozog‘iston vakolatli organlari tomonidan o‘tkazilgan “Nelegal” respublika profilaktika tadbiri chog‘ida sodir bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan zarur choralar ko‘rildi, jumladan,...

Piterda o‘smirlarga tanbeh bergan farrosh pichoqlandi

9-iyun kuni kechasi Piterning Buxarest ko‘chasidagi uyning 12-qavatdan pastga axlat tashlayotgan o‘smirlarga farrosh tanbeh bergan. Tanbehni ko‘tarolmagan o‘smirlar farroshni pichoqlab qo‘ygan. O‘smirlar yo‘lda yana bir kishiga ham tashlanishdi, biroq jiddiy jarohat yetkazisha olmadi. Pichoqlangan farrosh – 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda u reanimatsiyada...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya