Turkum: Хабарлар

O‘zbekistonlik muhojirlar o‘rtasidagi mojaro qotillik bilan yakun topdi

Priozerskiy tumanida migrant uydagi janjal chog‘ida tanishini pichoqlab qo‘ygan. Voqea joyidan uchta pichoq, poyabzal izlari bo‘lgan linolyum namunalari va biomateriallar topilgan. 7-iyul kuni kechqurun Priozerskiy tumanidagi Priladojskoye qishlog‘ida qotillik sodir bo‘ldi. Og‘zaki o‘zaro janjal chog‘ida o‘zbekistonlik fuqaro o‘z hamyurtiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi shifokorlar yetib kelguniga qadar voqea...

Novosibirskdagi migrant bolalarning yarmi rus tilidan imtihondan o‘ta olmadi

Novosibirskda deyarli har ikkinchi migrant bola rus tilidan majburiy imtihondan o‘ta olmadi. Bu haqda shahar ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Ramil Axmetgareyev o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi. Unga ko‘ra, joriy yilda shahardagi uchta — 77, 91 va 167-maktabda birinchi sinfga bormoqchi bo‘lgan 70 nafar xorijlik bola testdan o‘tkazilgan. Ulardan 39 nafari rus...

Putin chet elliklarga Rossiya armiyasida xizmat qilishga ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijliklarga, shu jumladan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma tuzishga rasman ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan. Yangi qoidalarga ko‘ra, xorij fuqarolari Rossiya Qurolli kuchlari, shuningdek, boshqa harbiy tuzilmalar bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ushbu shartnomalar safarbarlik...

«Bepul meditsina faqat ruslar uchun»: migrantlar uchun qoidalar qattiqlashmoqda

Rossiyada tibbiy sug‘urtasi bo‘lmagan barcha migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborilishi ko‘zda tutilgan yangi qoida joriy etilishi mumkin. Buni Davlat Dumasiga taklif qilgan Leonid Slutskiy boshchiligidagi LDPR deputatlarining fikricha, migrantlar bepul tibbiy xizmatdan foydalanmasligi kerak. Kelajakda migrantda majburiy tibbiy sug‘urta (ОМС) yoki ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (ДМС) polisi bo‘lmasa, ular nazorat ostidagi...

«Deport» qilinayotgan migrantlarga maxsus jilet kiydirilmoqda

Nijniy Novgorod aeroportida deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan muhojirlar maxsus yozuvli kiyim bilan belgilana boshladi. MK nashrining xabar berishicha, deportatsiya qilinayotganlarga boshqa yo‘lovchilardan darhol ajralib turishi uchun «Podlejit vыdvoreniyu» – “Deportatsiya qilinishga majbur” yozuvi bo‘lgan yorqin jiletlar berilgan. Vataniga qaytarilayotgan muhojirlarga kiydirilgan jiletlar ularni boshqalardan ajratib turadi. Bu muhojirlar aeroportda...

O‘zbekistonda ikki kishi yollanma askarlik moddasi bo‘yicha qamaldi

O‘zbekistonda boshqa davlatda qurolli harakatlarda qatnashgan migrantlar ustidan ikkita sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ikkala shaxs ham aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilindi. A.R. ismli 32 yoshli fuqaro Buxoro viloyati Romitan tuman sudida sudlangan. U 2018-yilda Rossiyaga pul ishlash uchun ketgan. Keyinchalik u Rossiya fuqaroligini olgan, biroq O‘zbekiston fuqaroligidan...

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 7 yilga qamaldi

Rossiyaning eng g‘arbiy viloyati ma’muriy markazi Kaliningrad sudi 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Kallibek Yeseniyazovni yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. U Ukraina tomonida jang qilayotgan rossiyaliklardan tashkil topgan “Свобода России” legioniga qo‘shilish uchun Kaliningrad viloyatidan Polshaga noqonuniy o‘tishga uringanlikda ayblangan. Yeseniyozov jazo muddatining dastlabki uch yilini qamoqxonada, qolgan muddatini esa...

Tramp ba’zi migrantlarni AQSHda qoldirish haqida gapirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp ayrim mehnat muhojirlarining mamlakatda qolishiga ruxsat berishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Ayova shtatida so‘zlagan Tramp qishloq xo‘jaligida ishlayotgan muhojirlar AQSHda ishlashda davom etishi mumkinligini aytdi. Biroq prezident ular ishlayotgan fermerlar bu xorijliklarga kafolat berishi kerakligini shart qilgan. Tramp, shuningdek, mehmonxona sanoati bilan...

Muhojirlarning o‘tkir yetishmovchiligi: Rossiya mehnat muhojirlariga bo’lgan talabni tushuntiradi

Rossiyada xorijiy ishchi kuchiga talab tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Prezidentning maxsus vakili iqtisodiyotning mehnat muhojirlariga qaramligi sabablarini aytib o’tdi. Rossiyaning mehnat muhojirlariga bo‘lgan ehtiyoji so‘nggi yillarda eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha maxsus vakili Boris Titov ma’lum qildi. NEWS.ru saytiga...

Yugrani o‘zbeklarning vatani degan deputat maoshdan mahrum bo‘ldi

Xanti-Mansiysk dumasi deputat Xolid Tagizodani maoshidan mahrum etishga qaror qildi. Sababi, u majlislarni o‘tkazib yuborgan va o‘z vazifalarini deyarli bajarmagan, dedi Duma. Lekin asl sabab, ko‘pchilikning fikricha, uning o‘zbek muhojirlari haqidagi so‘zlari bilan bog‘liq. May oyining oxirida Tagizoda uchrashuvlarning birida Yugra o‘zbeklar uchun “tarixiy vatani” ekanligini aytgan edi. Uning...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya