Turkum: Хабарлар

Moskva va Piterda hayit namozi vaqti hamda joyi

Moskva: Moskvada Ramazon hayiti bayrami namozlari 30-mart kuni soat 7:00 da o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Rossiya Musulmonlari idorasining Muftiylar kengashi matbuot xizmati. Musulmonlarga joynamozlarini olib kelish va yo‘nalishni oldindan rejalashtirish tavsiya qilinmoqda. Chunki bayram namozi munosabati bilan masjid atrofidagi ko‘chalar bugun tungi 23:00dan ertangi 11:00 gacha yopiladi. Moskvada bayram...

Sankt-Peterburgda muhojirni o‘g‘irlab, kaltaklagan to‘rt kishi qidirilmoqda

Hammollik qilib qo‘shimcha pul ishlab topishga urinish tojikistonlik muhojirga qimmatga tushdi. 25 yoshli fuqaro o‘g‘irlab ketilgan va unga o‘lim bilan tahdid qilingan, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi. 2020-yil 26-mart kuni Kalinin tumani politsiyasiga migrant murojaat qilgan. U o‘zining bir...

Rossiya janubidagi mehmonxonalarda migrantlarga taqiq tufayli ishchi kuchi yetishmayapti

Krasnodar o‘lkasida migrantlarni ishga joylashtirishga qo‘yilgan taqiq mehmonxona biznesida ishchilar yetishmasligi muammosini yanada kuchaytirdi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi kurortlar, turizm va olimpiya merosi vazirligining mehmonxona xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Darya Yezeyeva ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona egalari allaqachon kadrlar yetishmasligini his qilishmoqda va vaziyat yanada yomonlashadi. Kadrlar yetishmasligi masalasi...

Rossiyada 30-iyundan boshlab migrantning raqamli profili joriy etiladi

30-iyundan boshlab Rossiyada migrantlar uchun maxsus raqamli profil joriy etiladi. Bu elektron identifikator bo‘lib, qog‘oz hujjatlar, jumladan, ish patentining o‘rnini bosadi. Biroq uni joriy etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi. Davlat Dumasida 2024-yilda hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha...

Tojikistonlik muhojirlar va chechenistonliklar janjali pichoqvozlikka aylandi

Jinoyat qidiruv xizmati Peterburg markazidagi etnik nizoda ishtirok etgan yana uch kishini qo‘lga oldi. Bu haqda shahar va viloyat bo‘yicha Rossiya IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 17-mart kechqurun polisiyaga Ligov prospektidagi «Галерея» savdo markazi oldida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Biroq, xodimlar voqea joyiga...

Muhojirga bezori o‘smirlar hujum qildi: bunday hollarda nima qilish to‘g‘riroq?

Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida xavotirli voqea ro’y berdi. Ikki bezori o‘smir farrosh muhojirning ko‘ziga gaz sepgan. Voqeani o‘sha hovlida yashaydigan fuqarolardan biri videoga olgan. Hodisa «Чистое небо» turar-joy kompleksida yuz bergani aytilmoqda. “Fontanka” nashrining yozishicha, maktab o’quvchilari 32 yoshli kommunal xizmat xodimi bo‘lgan muhojirga yaqinlashgan. Noma’lum mavzudagi suhbatdan keyin o‘smirlar...

30-iyundan boshlab Rossiyaga kirish qoidalari o’zgaradi

Migrant.uz avval xabar berganidek, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab migrantlarning biometrik ma’lumotlarini yig’ish bo’yicha tajriba boshlangan edi. 2025-yil 30-iyunidan boshlab esa muhojirlar Rossiyaga kelishlaridan 72 soat avval nega kelayotganlarini ko‘rsatib ariza topshirishlari kerak bo’ladi. Mazkur maqolada 30-iyundan boshlab Rossiyada migrantlarni qanday yangiliklar kutayotgani haqida batafsil ma’lumot keltirib o’tamiz. Rossiya Federatsiyasi Hukumatining...

Peterburgda millatlarni farqlovchi kameralar o‘rnatilmoqda

Sankt-Peterburg ma’muriyati bergan xabarga ko‘ra, 8 mingta shahar videokamerasi «etnik identifikatsiya» uchun sozlanadi. Bu haqda «Kommersant» nashri yozmoqda. Amaldorlar bu kameralar yordamida muhojirlarni va ularning joylashuvini kuzatmoqchi. Prezident huzuridagi Inson huquqlari kengashi esa kamera tasvirlari orqali etnik mansublikni aniqlash g‘oyasini «inson qadr-qimmatini kamsituvchi» deb baholadi. Shahar ma’muriyatining millatlararo munosabatlar...

Sankt-Peterburgda migrantlar soni 60 foizga kamaydi

Sankt-Peterburgda ro’yxatga olingan migrantlar soni 2024-yilda sezilarli darajada, avvalgi yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 60 foizga kamaygan. Bu haqda shaharning vitse-gubernatori Igor Potapenko «Sankt-Peterburg» telekanalida o‘tgan jonli efirda ma’lum qildi. Potapenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda shahar hududida taxminan 210 ming migrant yashamoqda, ulardan taxminan 21 ming nafari bolalar. Ularning 6 ming nafari...

2024-yilda muhojirlar o’limi rekord darajaga yetdi – BMT agentligi

BMT migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili 9 mingga yaqin odam chegarani kesib o’tishga urinib halok bo’lgan. O’lganlar soni ketma-ket beshinchi yil davomida yangi dahshatli rekord o’rnatdi. 2020-yildan buyon migratsiya yo‘nalishlarida halok bo‘lganlar soni ikki baravar ko‘paydi. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) 2024-yilda 8938 nafar muhojir o‘limini qayd etgan. XMT...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya