Turkum: Хабарлар

«Har bir inson o‘zi va oilasi ravnaqi uchun har qanday davlatda to‘q hayot izlashga haqli, lekin…»

Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Migratsiya va mobillik sohasida bitim imzolandi. Bitim Germaniyada katta ehtiyoj bo‘lgan malakali ishchilar, mutaxassislar hamda muhandislarni jalb qilishni nazarda tutadi. Shunday xabarlarni ko‘rsam, ochig‘i, o‘zimni noqulay his qilaman. Tizzasi yirtiq dehqon egnidagi oxirgi yaktagini ham yechib boyotaga hadya qilayotgandek tuyuladi. To‘g‘ri,...

Olaf Shols O’zbekistonga keldi. O‘zbek ishchilarining Germaniyaga borishi osonlashadi

Germaniya kansleri Olaf Shols Markaziy Osiyoga uch kunlik safari doirasida yakshanba kuni O‘zbekistonning Samarqand shahriga keldi va O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. Tashrif davomida mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bitim imzolangani xabar qilindi. Masʼul idoralar darajasida talab yuqori boʻlgan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga...

Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya va Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qiladi

«Spot» nashri Yevropa davlatlarida O‘zbekiston fuqarolariga taklif etilayotgan ish o‘rinlarini o‘rgandi. O‘zbekiston Bandlik vazirligi Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya va Rossiyada 9,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Maosh mamlakat va mutaxassislikka qarab, 900 dan $2,5 minggacha o‘zgaradi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Slovakiya avtomobil va ishlab...

Yekaterinburgda o‘zbekistonlik muhojir 26-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Yekaterinburgning Chkalov tumani prokuraturasi Molodogvardeytsev va Panfilovtsev ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurilish obyektida ro‘y bergan ishchining o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi. Fojia 2024-yilning 12-sentyabr kuni soat 17:00 atrofida 26-qavat darajasida ishlayotgan qurilish ishchisi fasad ko‘tarmasidan («lyulka») qulashi oqibatida yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konstruksiyaning bir tomonidagi kabel uzilishi 1975-yilda tug‘ilgan ishchining...

Aviachiptalar narxi ikki barobarga oshishi kutilmoqda

Rossiyada aviachiptalar narxi yana oshishi kutilmoqda. Bunga sabab — aerodromlarni kapital ta’mirlash xarajatlari o‘sayotgani. Aerodromlarni moliyalashtirish esa yo‘lovchilarning hissasiga tushmoqda. Rossiya Transport vazirligining loyihasiga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari uchun aeronavigatsiya yig‘imi ichki reyslarda 37 foizga, xalqaro reyslarda esa 100 foizga, ya’ni ikki barobarga oshadi. Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi (АЭВТ) Rossiya...

Sankt-Peterburgda migrantlarni noqonuniy ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati huquqni muhofaza qilish organlari hududda migrantlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha noqonuniy sxema tashkil qilgan shaxslar guruhi qo‘lga olingani haqida hisobot berdi. Guruh tarkibida ikki nafar xorijlik va to‘rtta mahalliy aholi bo‘lgan, deb xabar qildi Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volk. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiridan boshlab,...

Muhojir deputat Bahromjon Hasanov vakolatlaridan voz kechdi

Moskva oblastining Pushkinskiy shahar dumasiga deputatlar saylovida g‘olib chiqqan Bahromjon Hasanov shahar kengashining birinchi majlisida vakolatlaridan voz kechdi. Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida Pushkinskiy shahar okrugi Deputatlar Kengashi raisi Artyom Sadulaning Bahromjon Hasanov arizasini o‘qib eshittirayotgan videosi tarqalmoqda. «Deputatlar Kengashiga Hasanov Bahromjon tomonidan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqish to‘g‘risida...

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Rossiya tomonida jang qilayotgan o‘zbeklar haqida gapirdi

11-sentyabr kuni Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda Migrant.uz muxbirining Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilgan o‘zbekistonliklar haqidagi savoliga ham javob berdi: -Bu juda muhim va jiddiy savol. Tayyorgarlik jarayonida o‘zbek OAVdagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqdim. Men bir nashrda, u sizniki bo‘lishi mumkin (Migrant.uz...

Koreyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasining manzili o’zgardi

Bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi manzili Kvanju shahridan Seul shahriga ko’chirildi. Bu haqida Bandlik vazirligi o’zining telegram kanalida ma’lum qilmoqda. Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o’zbekistonliklar zarurat yuzaga kelganda vakolatxonaning yangi manziliga murojaat qilishlari mumkin. 📍Yangi manzil: Seul, Jung-gu, Jangchungdan-ro, 213 10-qavat, 1003. Telefonlar: 02-2285-1341,...

“Vagner”da xizmat qilgan o‘zbekistonlik sudlandi

Gazeta.uz saytining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasida xizmat qilgan 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yollanma askarlik qilgani uchun 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi. Maʼlumotlarga koʻra, erkak 2022-yil sentabr oyida Rossiyaga ishlash uchun borib, oilasiga kvartira sotib olish uchun pul ishlab olishni...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya