Qozog‘istonda mehnat migrantlari orasida Xitoy fuqarolari soni eng ko‘p

Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga tayanib, «KazTag» agentligi xabariga ko‘ra, mamlakatda faoliyat yuritayotgan mehnat migrantlari soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘ringa chiqdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, hozirda Qozog‘istonda 5330 nafar xitoylik ishchi mehnat qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda — O‘zbekiston fuqarolari (2682 kishi). Keyingi o‘rinlarda Turkiya (1046 kishi)...








