Moskvada taksichini do‘pposlab, yo‘lkira bermagan erkak hibsga olindi
Kavkazlik yo‘lovchi kerakli manzilga yetib olganidan so‘ng, 1800 rubl miqdoridagi yo‘lkirani to‘lashdan bosh tortgan. Videoda yo‘lovchi erkak 20 daqiqadan so‘ng bank orqali pul o‘tkazib berishni va’da qilgan, lekin haydovchi bunga rozi bo‘lmagan. Bahs janjalga aylanib ketib, natijada yo‘lovchi haydovchiga qattiq zarba bergan. Mushtdan keyin haydovchining burnidan qon keta boshlagan...