Turkum: Хабарлар

Voronej yaqinida migrantni avval mashina, keyin avtobus urib ketdi

21-iyul kuni kechqurun Voronej yaqinidagi Otradnoye qishlog‘ida fojia yuz berdi. Elektr samokatda ketayotgan erkak halok bo‘ldi. Voqea taxminan soat 20:55 da M-4 “Don” – Otradnoye yo‘lining 3-kilometrida, Rubejnaya ko‘chasi yaqinida sodir bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Voronej viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar berdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 124-sonli yoʻnalishda...

Migrant bolalar haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligiga o’tkazilishi haqidagi qonun qabul qilindi

Rossiyada ta’lim muassasalaridagi migrant bolalar haqidagi ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligiga berish imkonini beruvchi yangi qonun qabul qilindi. Davlat Dumasi ushbu hujjatni ikkinchi va uchinchi o’qishda yalpi majlisda ma’qulladi. Gap Rossiyada yashovchi chet el fuqarolarining farzandlari haqida bormoqda. Yangi qonunga ko’ra, ham mintaqaviy, ham mahalliy ta’lim organlari bunday bolalar haqidagi...

Migrant sotuvchilar, shifokorlar va haydovchilar rus tili imtihonidan ozod etilmaydi

Rossiyada haydovchi, sotuvchi yoki tibbiyot xodimi sifatida ishlamoqchi bo‘lgan migrantlar rus tili, tarixi va Rossiya qonunlari bo‘yicha imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi. Ular bu majburiyatdan ozod etilmaydi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Andrey Pudov Davlat Dumasining Mehnat va ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida aytib o‘tdi....

Janubiy Koreya rasmiylari migrantlarning mehnat va yashash sharoitlarini tekshira boshladi

2024-yil 17-iyuldan boshlab Janubiy Koreya Mehnat vazirligi mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi fermer xo‘jaliklarida xorijlik ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini tekshirishni boshladi. Bu E-9 ish vizasi bilan kelgan odamlarga tegishli. Hukumat migrantlarning haddan tashqari issiq havo ta’siridan himoyalanganligiga ishonch hosil qilmoqchi. Shu maqsadda issiqdan saqlanishning beshta muhim...

Leningrad viloyatida uy qulashi oqibatida ikki o‘zbekistonlik muhojir halok bo‘ldi

19-iyul kuni Leningrad viloyatining Vartemyagi qishlog‘ida fojia yuz berdi: qurilish maydonchasida beton plitalar bosib qolishi natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi. Voqea taxminan soat 16:15 da “Yujniy” nomli massivda gazobeton bloklardan qurilgan ikki qavatli uy qurilishi vaqtida yuz bergan. Qulash vaqtida ishchilar ikkinchi qavatda bo‘lgan....

Chelyabinsk viloyatida «Русская община» nomaqbul tashkilot deb tan olindi.

Chelyabinsk viloyati Troitskiy tumani hokimiyati «Русская община» harakatini ekstremistik deb atadi va uni nomaqbul tashkilot deb tan oldi. Bu haqda «Русская община Zov» telegram-kanalida xabar berildi. Bunday qaror ekstremizmga qarshi kurash komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Shuningdek, uyushma faoliyatida ishtirok etayotgan har bir shaxsning kimligini aniqlash topshirildi. «Русская община» ma’lumotlariga...

Telefondagi yozishmalar tufayli Rossiyaga kirish taqiqlanmoqda

2024-yil mart oyida “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin Rossiya hukumati chegarada tekshiruvlarni kuchaytirdi. Endi Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning telefonlarida radikal kanallarga obuna bo‘lgani yoki Rossiya rasmiylarini tanqid qiluvchi yozishmalari borligi aniqlansa, ularning mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkin. TASS axborot agentligi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarining shu sababdan Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmagan...

Navbatlarga muhojirlarning o‘zi aybdormi?

Bir muddat avval Migrant.uz kanalida Sankt-Peterburgda joylashgan Migratsiya markazidagi ahvol bayon etilgan videomurojaatni e’lon qilgan edik. Muhojirning aytishicha, haftalab hujjat olish uchun navbatda turganlar chiqindilarga to‘la tor pana-pastqam joylarda yotishga majbur, xizmat ko‘rsatuvchi darcha va xodimlar juda kam. “Odamlar xushdan ketib qolyapti, it ham turmaydi bu joyda…” deydi u....

Urushda qatnashgan o‘zbekistonlik muhojir uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 26 yoshli Bekzod Qudratov Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi safida ishtirok etgani uchun O‘zbekistonda sudlandi. Qudratov 2019-yil Rossiyaga ish izlab borgan, ammo 2022-yilda Vladimir viloyati sudi tomonidan unga narkotik moddalar tarqatish ayblovi bilan 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan....

Tataristondagi mehnat muhojirlarining yarmi O‘zbekistondan

Tataristonda 50 mingga yaqin xorijlik muhojir ishlaydi. Bu haqda Davlat kengashining 11-yig‘ilishida respublika mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Elmira Zaripova ma’lum qildi. Mehnat muhojirlarining yarmidan ko‘pi O‘zbekiston fuqarolaridir. Taxminan har besh muhojirning biri Tojikistondan. Migrantlarning eng katta qismi (40%) qurilish sohasida band bo‘lsa, 15 foizi umumiy...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya