Cherkov ruhoniysi musulmonlar va muhojirlar haqidagi qo‘pol gaplaridan so‘ng ishdan bo‘shatildi

Valaam monastiri ruhoniy sxiigumen Gavriilni (Vinogradov) Sochi mintaqasi rahbari lavozimidan ozod qildi. Bu haqda rasman monastir matbuot xizmati xabar berdi. Bayonotda Gavriil 2025-yil 5-iyun kuni lavozimidan ozod etilgani aytiladi, ishdan bo‘shatish sababi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmagan, biroq bu uning internetda tarqatilgan va ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan va’zlaridan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan....







