O‘zbekistonliklar uchun AQSHda mavsumiy ish dasturi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun yangi yo‘nalish ochilishi kutilmoqda. Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev AQSHning USA Farm Labor tashkiloti rahbari Manuel Fick bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, USA Farm Labor tashkiloti 22 yildan buyon H-2A dasturi doirasida AQSH qishloq xo‘jaligi sohasiga xorijiy ishchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanib keladi. Hozirda...








