Мақола

174 24/03/2024

Bunday hujumlarning oldini olish mumkinmi? Soqchilar hujumchilarni to‘xtata olarmidi? Bu savollarga ko‘p yillardan beri Rossiya xavfsizlik kuchlarini o‘rgangan sotsiolog Kirill Titayev javob beradi.

«Krokus Citi Xoll»dagi otishmaning ertasiga FSB 11 gumonlanuvchini, jumladan, teraktni sodir etganlikda gumon qilingan to‘rt kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Rasman, FSB Rossiyada terrorizmga qarshi kurash uchun mas’ul bo‘lgan asosiy xavfsizlik agentligi hisoblanadi.

Razvedka xizmatlari teraktning oldini olgan bo‘larmidi? Nega bino qo‘riqlash xodimlari terrorchilarni hibsga ololmadi? Va nima uchun bu zal hujum nishoniga aylandi?

Bu haqda jurnalistlar Yel universiteti tadqiqotchisi, Rossiya xavfsizlik kuchlari bo‘yicha ekspert Kirill Titayev bilan suhbatlashdi.

— Umuman olganda, bunday teraktlarning oldini olish mumkinmi?

– Yo‘q, agar bunday teraktni bir guruh qandaydir terrorchilik tashkiloti professionallari tayyorlagan bo‘lsa ham, va  aksincha, tasodifan ikki  talaba yig‘ilib tayyorlasa ham buning oldini olishning deyarli hech qanday imkoni yo‘q.

Umuman olganda, terrorchilik xurujlarining oldini olish deyarli xayoliy voqea. Agentlar hamma narsani aniq bilish uchun kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishi kerak. Va bu [terrorchi] tashkilot ichida agent bo‘lsa ham, odatda, agent juda kam ma’lumotni biladi.

Hozir Amerika Qo‘shma Shtatlari [Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlarini] ogohlantirganini aytishyapti. Lekin, bu “Rossiyaning qayeridadir qandaydir terakt rejalashtirilgan” degan taxmin darajasida bo‘lgan. Bu umuman foydasiz ma’lumot. Ko‘pincha, “oldi olingan” deb hisoblangan terroristik hujumlarni, odatda,  razvedka xizmatlarining o‘zlari uyushtiradi.

— Aytaylik, qo‘riqlash yoki boshqa xizmatlarni tashkil etish orqali bunday dahshatli oqibatlarning oldini olish mumkinmi? Kechagi hujumdan so‘ng ular qanchalik samarali ishlaganini mavjud ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinmi?

– Hozir buni baholay olmaymiz. Shuni ta’kidlash mumkinki, shifokorlar va o‘t o‘chiruvchilar juda tez va ko‘p miqdorda yetib kelishdi. Ammo bu yerda siz ikki holatga e’tibor berishingiz kerak.

Birinchidan, [terrorchilar] Moskva viloyatida bo‘lsa-da, lekin baribir Moskvadan tashqarida joylashgan obyektni tanlashdi. Bu juda muhim, chunki qurol olib o‘tishni to‘xtatish va bunday hujumni amalga oshirishning oldini oladigan boshqaruv tizimlari e’tiborini Moskvaga qaratgan. Men shaharning videokuzatuv infratuzilmasi, metall detektorlari va hokazolarni nazarda tutyapman.

— Moskvaning moliyaviy holati shunchalik yaxshimi yoki poytaxtning alohida maqomi tufaylimi?

– Bilmaymiz. Biz faqat taxmin qilishimiz mumkin. Voqea ikkita muhim narsani ko‘rsatadi. Birinchidan, katta shahar tashqarisida yoki uning chekkasidagi ulkan madaniyat markaziga qurol olib kirishning iloji bor ekan. Axir, jangarilar qurol-yarog‘, ehtimol, qandaydir portlovchi yoki yondiruvchi o‘q-dorilar bilan bemalol o‘tishgan (biz buni hali aniq bilmaymiz). Keyin ular qochishga ham muvaffaq bo‘lishdi. FSB ularni topganini da’vo qilmoqda, ammo bu xabarlar bo‘yicha savollar bor, chunki bunday vaziyatda haqiqatan ham qo‘lga olinganlar o‘sha odamlarmi yoki boshqaligini bilish qiyin.

– FSBning so‘nggi bayonotlari va boshqa rasmiy ma’lumotlarga shubha tug‘diradigan aniq narsa bormi?

– Hozirgacha bunday narsa kuzatilmagan, chunki xabarlar juda siyrak. Hech qanday aniq belgilar yo‘q. Bundan tashqari, sud jarayoni davom etar ekan, ma’lum signallar paydo bo‘lishi mumkin [rasmiy ma’lumotlar ishonchsiz]. Lekin, katta ehtimol bilan, bu terrorizm ishi bo‘lgani uchun u yopiq eshiklar ortida ko‘riladi va biz hech narsani bila olmasligimiz mumkin. Jumladan, hozir hibsga olinganlar haqiqatan ham bu dahshatli jinoyatni sodir etganmi yoki ular [huquqni muhofaza qilish organlari tomnidan] ijrochi etib tayinlaganmi?

— Siz butun xavfsizlik infratuzilmasi Moskvaga e’tiborini qaratganini aytdingiz. Ammo «Krokus Siti Xoll» Moskvaga juda yaqin va hatto viloyatdan ko‘ra ko‘proq Moskva konsert zalidek qabul qilinadi. Ya’ni, bunday kichik masofada ham xavfsizlik darajasida farq bormi?

– Ha. Bu yerda ikkita omil muhim ahamiyatga ega. Birinchisi – kuzatuv ob’yektlari soni va transport infratuzilmasining zichligi. Boshqacha aytganda, Moskvada e’tibor bermasdan haydashingiz yoki aksincha, yashirinishingiz mumkin bo‘lgan kichik yo‘llar yo‘q. Bu sof geografik jihat va butun dunyoda bir xil bo‘ladi.

Ikkinchi omil – ma’muriy. Butun dunyoda xavfsizlik infratuzilmasi asosan bir qancha to‘siqlar orqali ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, agar siz, aytaylik, [Moskva markazidagi] Pushkin kinoteatriga borishingiz kerak bo‘lsa, siz yo‘lda bir nechta nazorat zonalaridan o‘tasiz. Ular bu kinoteatrni himoya qilish uchun mo‘ljallanmagan, ammo ular harakatni murakkablashtiradi. Moskvadan tashqarida esa sizda jismoniy to‘siqlar kamroq bo‘ladi.

Va bu faqat Rossiyaga xos emas. Agar kimdir Manxettenning o‘rtasida [Nyu-Yorkda] bunday teraktni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, ular hujumchiga xavf tug‘diradigan ko‘plab nazorat zonalaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Agar Bruklin chekkasida terakt rejalashtirilgan bo‘lsa, vazifa ancha soddalashadi.

– Qanday qilib bunday qurolli guruh Rossiya hududiga tushib qolgan? Ular qurol va o‘q-dorilarni qayerdan olganini taxmin qila olamizmi?

-Yondiruvchi vositalarga  kelsak, ko‘plab variantlar mavjud: ular hech qanday shubha tug‘dirmaydigan tarzda uyda tayyorlangan. Ya’ni, bu muammo emas. O‘q otish qurollari nazariy jihatdan ancha murakkab – Rossiyada avtomatik qurollar, u yoki bu tarzda, nisbatan erkin muomalada bo‘lishi taqiqlangan. Biz bu hujumda qo‘llanilgan qurollar qayerdan kelganini aniq bilmaymiz, lekin Qozog‘istondan janubgacha –  Afg‘onistongacha chegaralar deyarli shaffof.

Yana bir katta xavf zonasi – bu Rossiya hukumati “maxsus harbiy amaliyotlar” va “yangi hududlar” deb ataydigan hudud. Umuman olganda, oxirgi paytlarda u yerdan qurol topish ancha osonlashgan, ammo bu hali ham juda qiyin vazifa. Rossiyada har beshinchi odamning qurol ko‘tarib yurmaydi. Biz [Krokus Siti Xollda] ko‘rganimiz, bu juda puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, zarur resurslar bilan ta’minlangan operatsiya bo‘lganiga ishonish uchun barcha asoslar beradi.

— Rossiyada aholi jon boshiga nisbatan xavfsizlik kuchlarining soni ko‘p, bu terrorchilik xurujlarining oldini olishda, qurol-yarog‘ aylanishini nazorat qilishda va odamlarni umumiy himoya qilishda muhim rol o‘ynaydimi?

– Bu ko‘p tarqalgan gap. Biz, tadqiqotchilar, Rossiyada aholi jon boshiga juda ko‘p huquq-tartibot idoralari xodimlari to‘g‘ri kelishini aytsak, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari nafaqat aholi soni, balki hudud ham muhimligini aytib, e’tiroz bildiradilar. Ammo Rossiyaning [butun] hududini nazorat qilish uchun aholining hammasi huquq-tartibot xodimlari bo‘lishi kerak.

Ularning soni ko‘p bo‘lsa ham, bu odamlar xavfsizligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Har qanday viloyat markazini oling. Tajribali haydovchi har doim barcha mumkin bo‘lgan [yo‘l polisiyasi] postlari, kameralar va hokazolarni chetlab o‘tib, shaharni qanday tark etishni biladi – transport infratuzilmasi shunday ishlaydi. Aholi notekis joylashgan, Moskva va Sankt-Peterburgni hisobga olmaganda, huquq-tartibot idoralari xodimlarining sonidan qat’i nazar, samarali nazorat qilinmaydigan joylar bor.

— Rossiyada gavjum joylar uchun xavfsizlik standartlari mavjud, deyarli hamma joyda xususiy yoki idoraviy xavfsizlik mavjud. Bunday himoyaning samaradorligi haqida nima deyish mumkin? Bu haqiqatan ham odamlar xavfsizligini ta’minlay oladimi?

— Haqiqatan ham standartlar bor, lekin ular nisbatan yumshoq. Gap shundaki, har qanday himoya choralari iqtisodiy samaradorlikni keskin pasaytiradi. Bu har doim u va xavfsizlik o‘rtasidagi tanlovdir.

Har safar savdo markaziga borganingizda metall detektordan o‘tayotganingizni tasavvur qiling. Bu yerda ikkita mumkin bo‘lgan ssenariy mavjud. Yoki tizim sinchkovlik bilan ishlaydi va barcha tashrif buyuruvchilar intensiv ravishda qidiriladi – bu holda tashrif buyuruvchilar uchun ulkan iqtisodiy xarajatlar va katta muammolar mavjud. Yoki, Moskva yoki Sankt-Peterburg metrosida bo‘lgani kabi, bu faqat nomiga bo‘ladi.

Agar siz ertalab perforator bilan o‘tsangiz, unda sizni albatta tekshirishadi. Ammo kechqurun, hisobot allaqachon yopilganida, u metall detektorda signal chalsa ham o‘taverasiz. Bu faqat hisobot uchun ekanligi har qanday kuzatuvchi odamga ayon.

— Ko‘pchilik «Krokus Siti Xoll» qo‘riqchilarida o‘qotar qurol yo‘qligini payqashdi. Bu biror narsaga ta’sir qilishi mumkinmidi? Umuman olganda, qurolli xavfsizlik samaraliroq bo‘ladimi?

– Keling, qo‘riqchilar tayoqchalar va elektroshokerlar bilan emas, balki, masalan, Makarov to‘pponchalari bilan qurollangan vaziyatni tasavvur qilaylik (axir, bunday joylarda avtomatli qo‘riqchilarni tasavvur qilish juda qiyin). Agar bir guruh odamlar avtomatik qurollar va, ehtimol, qandaydir portlovchi moddalar bilan kirsa, qo‘riqchilarning to‘pponchalari hech nima qila olmaydi. Bu, ehtimol, yolg‘iz hujumchi bo‘lgan holatda biror narsaga ta’sir qilishi mumkin. Ammo agar terakt bu darajada bo‘lsa, u hech qanday rol o‘ynamaydi.

Bundan tashqari, bunday standartning joriy etilishi xarajatlarning tubdan oshishini anglatadi. Oxir-oqibat, elektroshokeri  bo‘lgan qo‘riqchilarga va o‘qotar qurolga ega bo‘lgan qo‘riqchilarga qo‘yiladigan talablar mutlaqo boshqa standart. Shunga ko‘ra, bunday odamlar butunlay boshqa xizmat xarajatlarini, butunlay boshqa maoshlarni talab qiladi va bunday choraning samaradorligi ham aniq emas.

— Rossiyada xavfsizlik kuchlarining terrorizmga qarshi ishi umuman qanday tashkil etilgan? Va uning sifati haqida nima deya olasiz?

– Birinchidan, bu yana o‘sha “Set” va unga o‘xshash ishlar kabi hisobot uchun ishlash. Ya’ni, bu mohiyatan sun’iy ravishda yaratilgan jinoyatchilikdir. Ehtimol, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha haqiqiy ish bordir – bizda buni qat’iyan inkor qilish uchun hech qanday sabab yo‘q, lekin biz aniq nimadan iboratligini va qanday ishlashini bilmaymiz.

– Buni bilmasligimiz normalmi?

– Bu odatiy. Aniqrog‘i: agar u haqiqatan ham mavjud bo‘lsa va biz buni bilmasak, bu normaldir. Ammo savol shundaki, biz uning haqiqatan ham bor yoki yo‘qligini bilmaymiz.

— Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha asosiy xavfsizlik agentligi bu FSB, to‘g‘rimi? Bunday teraktni muvaffaqiyatsizlik deb hisoblash mumkinmi? Yoki boshqa aybdor topiladimi?

— Ha, FSB terrorizmga qarshi kurash uchun javobgardir. Ammo bu yerda haqiqiy aybdor yo‘q – bu aniq rejalashtirilgan, o‘ylangan terrorchilik hujumi bo‘lib, uni, ehtimol, qandaydir nisbatan yirik tashkilot amalga oshirgan. Takror aytaman: bunday teraktning oldini olish deyarli imkonsiz vazifadir. Byurokratik mantiq nuqtai nazaridan, aybdorlar, albatta, topiladi.

– Bu qandaydir iste’foni anglatadimi? Huquq-tartibot idoralari faoliyati nuqtai nazaridan ushbu terakt oqibatlarini umuman qanday baholaysiz? Rasmiylar nima qilishi mumkin va ular nima qilishlari kerak?

– Agar biz byurokratik emas, balki haqiqiy mantiqqa amal qilsak, unda hech narsa bo‘lmaydi: jamiyat bunday terroristik hujumlardan himoyalanmagan.

Agar nima bo‘lishini oldindan aytishga harakat qilsak, aeroportlar va ko‘ngilochar markazlarda qo‘shimcha ramkalar [metall detektorlar] kabi yangi ahmoqona amaliyotlar paydo bo‘lishi xavfi mavjud.

Ammo Rossiyada namoyishkorona iste’folar mutlaqo qabul qilinmaydi.

– Xatolarini tan olgani uchunmi?

– Ha, va bundan tashqari, “biz o‘zimizniki tashlab ketmaymiz”. Menimcha, yigirma yil davomida [bunday holatlarda xavfsizlik xodimlarining] sezilarli iste’folari bo‘lmagan.

— Siz oldin aytib o‘tganingizdek, “maxsus harbiy operatsiya” hududi noqonuniy qurol savdosi nuqtai nazaridan xavfli zona hisoblanadi. Urush terrorizmga qarshi kurash nuqtai nazaridan xavfsizlik kuchlarining haqiqiy jangarilar o‘rniga qandaydir “Ukraina nasistlari”ni qidirishi yoki xorijlik hamkorlar bilan aloqalari uzilgani ish sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

– Bu qiyin savol. Bu ritorik darajada qanday aks etganini aytishimiz mumkin, ammo bu haqiqiy ishga qanday ta’sir qilganini baholash uchun hali yetarli ma’lumotlar yo‘q. Biz bilmaymiz: ehtimol, terroristik hujumlar haqida ogohlantirish darajasidagi aloqalar saqlanib qolgandir, ammo ular ham yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin. Faqat jiddiy shubhalarni keltirib chiqaradigan ayrim insayderlik ma’lumotlari bor.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация