425
15/02/2024
Hujum xavfi e’lon qilinganidan keyin ko‘chaga chiqmang;
- Xavfsiz va derazalari yo‘q yopiq binolarda xavf xatari tugashini kuting;
- Doim o‘zingiz bilan hujjatlaringizni va albatta pasportingizni olib yuring;
- Telefoningiz zaryadini to‘liq qilib yuring, biror gap bo‘lsa aloqasiz qolmasligingiz zarur;
- Oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz va do‘staringiz bilan aloqada bo‘lib turing, qayerda va qanday holatda ekaningizni bilib turishsin;
- Mahalliy OAVlarni kuzating, barcha ommaviy e’lonlarda aytilgan ko‘rsatmalarga rioya qiling;
- Sizga shikast yetsa tibbiy yordam uchun murojaat qiling. Hujjatingizning bor yoki yo‘qligi shoshilinch yordam ko‘rsatilishiga ta’sir qilmaydi;
- Biror doriga doimiy ehtiyojingiz bo‘lsa, masalan insulin, albatta yoningizda olib yuring;
- Har qanday holatda vahimasiz, vaziyatga jiddiy yondashing;
- Yordam so‘rashdan tortinmang, elchixona va konsullik raqamlarini telefoningizga saqlab qo‘ying;
Agar imkoningiz bo‘lsa hujumga ko‘p uchrayotgan hududlarda yashamang, ammo ketish imkoniyatingiz bo‘lmasa ehtiyoj yuzaga kelganida ketishga yetadigan mablag’ingiz bo‘lsin.