Maqola

436 03/07/2024

Rossiyada hozir kana mavsumi. Kana chaqishidan jabrlanganlar soni kundan-kun ko‘paymoqda.

Masalan, Sverdlovskaya oblastida 21 ming, Irkutskda 13 ming, Kemerovoda 19 ming, Krasnoyarskda 10 ming, Tataristonda 5 ming, Boshqirdistonda 6 mingdan ziyod kishi kana chaqishi tufayli tibbiy yordam olishiga majbur bo‘ldi. Rossiyaning boshqa shaharlarida ham vaziyat yaxshi emas.

Kanalar inson inson hayoti uchun xavfli infeksiyalar – ensefalit, borrelioz (Laym kasalligi), rikkesioz va boshqalarning tashuvchisi sanaladi.

Shuning uchun kanalardan ehtiyot bo‘lish qoidalari va kana chaqqanida nima qilish kerakligini aytib o‘tamiz.

Kana chaqqan taqdirda zudlik bilan yashab turgan shahringizdagi seroprofilaktika markaziga murojaat qilishingiz yoki tez yordam chaqirishingiz kerak.

Boshingiz og‘rib, isitma, diareya, holsizlik yoki boshqa noodatiy holat kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Chunki kana chaqqanidan keyin yuqadigan infeksiyalarning inkubasion muddati 13 kun.

Shifoxonada qon tahlili topshiriladi va kana tanangizdan chiqarib olinadi. Qon tahlilida infeksiya aniqlansa muolaja belgilanadi.

Ehtiyot chorasi sifatida esa uzun, tanani yopuvchi kiyim kiyish, ko‘chada o‘t, o‘simlik va maysalar ustida yurmaslik, uyga qaytgach cho‘milish hamda kiyimda kana bor yoki yo‘qligini diqqat bilan tekshirish kerak. Uydan ko‘chaga chiqishdan avval hasharotlarga qarshi spreylardan foydalanish ham juda yaxshi natija beradi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya