96 28/03/2024

«Kit» tahririyati “Сrocus City Hall”dagi teraktga o‘xshash favqulodda vaziyatlarda nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar bergan. Bu tavsiyalarga amal qilib, inson o‘zini va yaqinidagilarning hayotini saqlab qolishga sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Migrant.uz o‘quvchilariga ushbu tavsiyalarni qisqa shaklda keltiramiz.

Eng birinchi va asosiysi –doim tayyor bo‘ling:

✔️ doim binolardagi evakuatsiya, chiqish yo‘llariga ahamiyat berib yuring. Xayolan o‘zingizni “o‘t o‘chiruvchi” o‘yinida deb tasavvur qilib ko‘ring – qayerda kirish va chiqish yo‘llari borligini o‘rganib, evakuatsiya qilish kerak bo‘lsa qayerdan qanday xavfsiz chiqib ketishni chamalab qo‘ying.

✔️ chekinishning kamida uch variantini chamalab qo‘ying, qaysi obyektlarga yashirinish mumkinligini eslab qoling.

✔️ Qog‘ozga favqulloda xizmatlar raqami va yaqiningiz raqamlarini yozib, uni pasportingiz ichida saqlang.

✔️ Uydan ketayotib, doim elektr, gaz va suvni o‘chirib ketish kerak.

“Omon qolish to‘plami”ni tayyorlang

🔸 Bu to‘plam shoshilinch vaziyatda kerakli narsalarni topolmay qiynalmaslik yoki topish uchun vaqt yo‘qotmaslik uchun kerak. Ryukzak yoki kichik sumkaning ichiga zaruriy narsalarni – hujjatlar, telefon va quvvatlanturuvchi, kerakli dorilar kabilarni solib qo‘yish omon qolish to‘plamiga kiradi.

✅ Tinchlaning

Ko‘pincha vahima bilan kurashish uchun nafas olishni nazorat qilish tavsiya etiladi. Yana dalda iborasini, masalan: “hamma narsa yaxshi bo‘ladi”, deb takrorlash ham vahimaga berilmaslikka yordam beradi.

✅ Qoching

Terror hujumi paytida asosiy taktika – qochish, yashirinish, xabar berishdan iborat.

✅ Olomon orasida qolganda to‘g‘ri harakatlaning

🔺Iloji boricha tezroq, odamlar oqimi sizni olib ketishiga imkon beradigan darajada harakatlaning.

🔺To‘xtamang, aks holda olomon sizni bosib o‘tib ketadi.

🔺Yiqilmaslikka harakat qiling va devorlarga suyanmang

🔺To‘g‘ri nafas oling va baqirmang

🔺Harakatlanayotganda qo‘llaringizni ko‘krak qafasigacha ko‘tarib oling.

Boshqa yo‘li bo‘lmasa, yashirining

Qochish xavfli deb hisoblasangiz, yashirinib, yordam chaqirishga harakat qiling. Rossiyada va dunyoning aksariyat mamlakatlarida yagona favqulodda yordam raqami – 112.

⚠️ Yong‘in yoki portlash sodir bo‘lganda nima qilish kerakligini bilib oling

Yonayotgan xonada polga yaqin, pastlab harakatlaning.

Agar binoda portlash sodir bo‘lsa, imkon qadar tezroq binoni tark etishga harakat qiling. Agar binodan chiqa olmasangiz va jinoyatchilar ketganiga ishonchingiz komil bo‘lsa, yordam signallarini bering: baqiring, hushtak chaling, quvurlarni taqillating, fonarlarni yoqing.

🔺Politsiya va favqulodda xizmatlar bilan muloqot qilishga tayyor bo‘ling

Politsiyaga qanchalik ko‘p ma’lumot bersangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi. Aniq, batafsil va xotirjam gapirishga harakat qiling.

🔺Yaradorlarga yordam berishni o‘rganing

Yordam birinchi navbatda og‘ir jarohat olganlar va hushini yo‘qotganlar uchun kerak.

🔺Hushsiz yoki nafas olmayotganlarga e’tibor bering

🔺Hushsiz odam nafas olayotgan bo‘lsa, yonbosh holatda yotqizish kerak. Boshini orqaga yotqizib, bo‘g‘ilib qolishining oldini olish kerak. Agar odam nafas olmayotgan bo‘lsa, yurak massajini qilish kerak.

🔺Himoyalanishga tayyor bo‘ling

Agar jinoyatchilar hamla qilganida qochish yoki yashirinishga imkoniyat bo‘lmasa, o‘zingizni himoya qilishingiz kerak. Buning uchun himoyada yordam beradigan vositalarni oldindan chamalab qo‘ying. Rossiya qonunlariga ko‘ra, inson o‘zini “har qanday tarzda” himoya qilishi mumkin.

Tavsiyalarni eslab qolishga harakat qiling. Ular bir kun hayotingizni saqlab qolishda asqotishi mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация